HURMATLI TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI HAMDA FERMER XO‘JALIKLARI RAHBARLARI VA HISOBCHILARI
DIQQATIGA !!!
2023-yil yakuni bo‘yicha quyidagi statistika hisobotlarini xato va kamchiliklarsiz belgilangan muddatdan kechiktirmay stat.hisobot.uz sayti orqali eStat-4.0 davlat statistika hisobotlarini elektron shaklda topshirishninig avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda elektron shaklda taqdim etishingizni so‘raymiz:
- Mikrofirma va kichik korxonalar
“Mikrofirma va kichik korxonaning 2023-yil uchun hisoboti” “1-kb shakli” yillik 27-fevraldan kechiktirmay.
Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi mikrofirma va kichik korxonalar: “1-kb shakli” yillik 27-martdan kechiktirmay
2 Fermer xoʻjaliklari:
“Fermer xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida hisobot” “1-fx shakli” yillik hisobotini
27-fevraldan kechiktirmay.
Shuningdek, mansabdor shaxslarning davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur bo‘lgan hisobot va boshqa ma’lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-moddasida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.
Murojaat uchun telefon raqamlari: (99) 699-36-07
Marhamat tumani statistika bo‘limi