BIR TAQDIR
(Davomi. Boshlanishi oldingi sonlarda)
Qishloq havosida, meva-chevalarga, sut-katiklarga toʻyib ulgʻaygan qizini bu dikkinafas tor xonadonda, uy bekasi boʻlib uzu kun xizmatda yurishini koʻrib, shaharga turmushga berganidan baʼzidan pushaymon ham boʻlardi. Lekin baxtiga Tolibjon yaxshi kuyov chiqdi. U kun aro oʻqishdan yoki ishdan qaytyayotib, ularni yoniga kirib holidan xabar olar, har kelganida sumkasini toʻldirib xarajatlar qilardi. Muxtor aka esa Tolibjon har «dadajon» deganda yuragi bir boshqacha boʻlib ketadi, u kuyovidan juda koʻngli toʻk. «kuyov emas oʻgʻlimdaysiz» deb koʻpdan-koʻp duolar qiladi. Tolibjon ham tarozi pallasini bir xilda ushlagan holatda, qaynota va qaynonasinikida mehmon boʻlganini onasi va otasiga ham, hatto Zeboga ham aytmasdi. Baʼzida biror sabab bilan ogʻizidan chiqib ketsa bir rovga kirgandim deb qoʻy qolardi. Xullas hammasi risoladagidegu lekin Tolibjonni bir nimadan koʻngli juda gʻash edi. Mana ikki yil oʻtdi hamki Zeboning homilador boʻlishidan darak yoʻq edi. Ularning toʻyi bilan deyarli bir necha hafta fark qilib uylangan amakivachchasi Alijon ham allakachon qizaloqli boʻlgan, doʻsti Murod ham oʻtgan hafta oʻgʻilli boʻldi. Ular Kumushxonayaning qistovi bilan doktor koʻrigadan oʻtishgan paytida, shifokorlar ota ham, ona ham soppa- sogʻliqini taʼkidlashgan. Lekin muammo nimada, hech kim bilmasdi. Faqat kutishdan boshqa chorasi qolmagan Tolibjonning sabr kosasi toʻlib borardi. Tolibjonning ogʻaynisi Murod bugun oʻgʻilchasini «yuvish» yaʼni nishonlash maqsadida eng yaqin juralariga samovarda osh damlab mehmon qildi. Ziyofat kegacha chuzilib, juralar kun kech boʻlganini ham bilmay qolishdi. Kech boʻlishiga qaramay uyida Zebo bilan Kumushxon aya uxlay olmay Tolibjonni kelishini kutib televizor qarshisida oʻtirishardi. Birdan darvoza karsillab ochilib Tolibjon kirib keldi. U bugun doʻstining oʻgʻilli boʻlganiga xursandligidanmi yoki alamidanmi negadir koʻproq ichib mast holatda edi. Zeboning otasi umrida bunaqangi mast qiluvchi ichimlikni ogʻiziga olmagani uchun, bunaqa holatni hech koʻrmagan edi. U koʻrkib shoshgancha xonasiga berkindi.
— Iye, meni oʻgʻlim ziyofatdan shef yigit boʻlib qaytibdilarmi.– Kumushxon kelinni yonida xijolat boʻlib vaziyatni yumshatmoqchi boʻldi, lekin ich-ichidan oʻgʻlining nima uchun bu holatga tushganini sezib turardi.
— Oyijon, — Tolibjon oyogida zoʻrga turardi, u koʻrsatkich barmogʻini teppaga qilib, oʻzicha javray boshladi- hamma onalar kelin olgach bir yilda buvi boʻlishyapti, nega siz buvi boʻlmayapsiz menga aytingchi. Nega bizni uyda chaqaloq yoʻq? Nega sizni keliningiz tugib bermayapti?
— Voy bu nima deganing, meni kelinim hali yosh, hali vaqti kelsa bir necha bor buvi boʻlaman bolam, sen sekin-sekin gapir xotining eshitsa dili ogʻriydi, qolaversa ukalaringni, dadangni uygʻotib yuborasan, dadang bu holatingni koʻrmasin. Qani tez yotogingga kirib damingni ol. Hammasini ertaga gaplashamiz. Zebo darrov Tolibjonga alohida qilib joy tushashga tushdi. Eri xonaga kirgach, koʻrpa ichidan boshini ozgina chiqarib, multilab qarab turardi. Tolibjon kiriboq alohida tushalgan joyga koʻzi tushdi.
— Bu joy kimniki?
— Siz buguncha oʻsha yerda yotib turing.
— Bu joy kimniki deyapman?- Tolibjon birinchi marta Zeboga ovozini koʻtarib gapirdi.
— Sizniki, men mast odamdan koʻrkaman.- Zebo koʻrkib yigʻlab yubordi.
— ha shunaqa mastman. Koʻp ichganimni sababi bor. Sabr kosam toʻldi meni. Hamma oshnalarim birin- ketin ota boʻlishmoqda, faqat meni xotinim tugmayapti, tugʻolmayapti. Boshqa Xotin boʻlganida allaqachon bir emas ikkita farzand tugib berardi. Sen esa tugmading. Tolibjon dovdirib-dovdirab Zeboning yoniga keldi-da, uni qoʻlini ushlagancha yana bir nimalar deb tushunarsiz javradi-da soʻng uxlab qoldi. Zebo esa koʻzlarini yumib Tolibjonning ogʻrikli gaplarini eshitib jim turardi. Eri uxlagach, oʻzi tushagan alohida joyga borib yotdi. Yosh toʻla koʻzlariga uyqu kelmasdi. Ha Zebo ham bu haqida koʻp oʻylagan, koʻchada chaqaloq koʻtarib oʻtayotgan kelinlarni koʻrib ularga havasi kelib qarardi. Lekin nima qilsin Alloh bersa keyin farzandli boʻladi-da. Shu kecha umuman uxlay olmadi. Tong otmasidan zarur kiyimlarini oldida, hech kimga bildirmay ota eshigiga yoʻl oldi. Bugun bu uydagilarni na koʻrgani na gaplashgani toqati yoʻq edi. Zebo mahallasining boshida avtobusdan tushdi. Qoʻlidagi tugunchasini quchgancha koʻchalariga qarab yoshlik paytlarida dugonalari bilan chopkillib oʻynab yurganlari koʻz oldida gavdalanardi. Lekin hozir bu koʻcha oldingiday emas, chunki hukumat tomonidan vaʼda qilingan joydan mahalladagi barcha aholiga yer ajratilganligi uchun koʻp odamlar allakachon oʻsha tomonga koʻchib, uy koʻrishni boshlagandi. Xuddi jang boʻlib oʻtgan maydonday uylarning koʻpi yarmi chala, yarmi toʻla buzilgan holatda. Mahallada odamlar ham koʻrinmas, qandaydir koʻrkinchli sukunat edi. Eng oxirida oʻsha eski maktab yonida suppayibgina Zeboning eski ota hovlisi koʻrindi. Muxtoraka bu hovlini buzishga qoʻli bormadi. Hamma guvalakdan sinchli uy koʻrayotgan paytda, yangi uchastkasini pishiq gʻisht bilan koʻrdirayotgandi. Oʻsha zamonlarda pishiq gʻishtdan uy solish kamdan kam odamning qoʻlidan kelardi. Zebo asta uyiga kirdi. Uyga kirishi bilan issiq nonning shirin iforidan dili yayraganday boʻldi. Aʼloxonaya tandir yonida savatni toʻldirib non uzayotgan edi. Muxtorjon aka esa tong saharlab yangi qurilayotgan uyi tomonga ketib ulgurgandi.
— hormang oyijon?-dedi Zebo.
— Voy men oʻlay, Zeboxon qizim, oʻrgilay ovozingdan. Mana men hozir bolam- Aʼloxonaya Zeboning kutilmagan tashrifidan hayron boʻlib, xursand boʻlishini ham, xafa boʻlishini ham bilmay qoldi. Qizini bagʻriga bosib toʻyib-toʻyib quchdi-da, soʻriga koʻrpacha olib chiqdi.
— Kelishingni bilganday tandirning jagiga somsa yopgandim, qara koʻnglim sezibdi-ya, somsa bosayotganimda rosa senga ilingandim, Allohga shukr ogʻizing tegadigan boʻldi-ya.– Aʼloxonaya Zeboning koʻrinishidan ahvolni tahlil qilib boʻlganday edi.
— Oyi yuring ichkariga kira qolaylik, ozroq sovqotgandayman.
— xoʻp, xoʻp yurakol qizim, yengil kiyinibsan, egningga biror nima tashlab olmabsan ham, bir oʻzing keldingmi? Kuyovim qani?-dedi gapni nimadan boshlashni bilmay turgan qiziga qarab. Ular ichkariga kirgach, Zebo issiq non va somsalardan maroq bilan yedi. Onasi esa qizining ishtaxasini koʻrib, nondan qayta-qayta sindirib uning yoniga qoʻyardi. Zebo onasini xafa qilib qoʻygisi kelmay, voqeani yengilroq qilib tushuntirish maqsadida xayolan bir-bir boʻlib oʻtgan ishlarni oʻyladi, u aynan kechagi Tolibjonning sovuq gaplari uchun emas, balki koʻpdan beri toʻplanib borayotgan koʻngil xiraliklar sabab uyiga qaytishga qaror qilgan edi. U, onasining savolga toʻlgan koʻzlariga qaradi va vahima qilmasdan, yumshoqroq qilib, bir boshdan hayoti unchalar orzusidagiday emasligini, oʻqishga kirmagani yetmaganday, u hovlida birov uning niyati-maqsadlari bilan qiziqmasligini, uydagi qizlar yaʼni singillari faqat oʻqib ilm olish bilan band boʻlib, qolgan hamma yumushlar faqat uning zimmasida ekanligini ayta oldi-yu, yigʻlab yubordidi. Onaizor esa qiziga nima deb dalda berishni bilmasdi, chunki hammasiga oʻzini aybdor deb hisoblardi. Ammo eng soʻnggi Tolibjonning Zeboga «Tugib bermading» degan gapini eshitib sira chidab turolmadi:
— Tolibjon unaka yigit emasdiku, nega bunday sayoz fikrlaydi, faqat ayolga bogʻliq ekanmi farzandli boʻlish. Mana seni ham xudoyim menga 10 yil deganda bergan otang bechora biror marta yuzimga solmaganlar. Oʻgʻil koʻrishni butun umr orzu qilib yurardi, buni oʻzi aymasa ham ich-ichimdan bilib turardim. Lekin biror marta menga oʻgʻil tugib bermading degan emas. Agar sening koʻnglinga ogʻir botishini bilib turib ham shunday gaplarni gapirgan boʻlsa oʻzidan koʻrsin. Men endi seni u yoʻqqa yubormayman. Oʻziga boshqa tez tugib beradigan xotin olsin. Zebo esa, yigʻlay- yigʻlay onasining bagʻrida uxlab qoldi. Chunki bu kecha uxlay olmay chiqqanidanmi yoki toliqqanidanmi uni allakanday mudroq bosgandi. Numonjon aka ishga shoshilib bolalari bilan choy ichib oʻtirishar ekan, Kumushxondan kelini va oʻgʻli nega nonushtada koʻrinmayotganini soʻradi. Kumushxonaya oʻgʻlining kechagi holatini otasiga churq etmadi. Erini ishga junattiyu oʻgʻlining yotogi yoniga borib asta eshigini taqillatdi.
— Zeboxon, xoʻ Zeboxon, turdilaringmi, Tolibjon yaxshimi?- javob kelmaganidan xavotirga tushib, sekin eshikni ochib ichkariga muraladi. Ichkarida katta oʻrinda Tolibjon bir oʻzi pishshillab uxlab yotardi. Sal naroqdagi kichik oʻrin esa bum-boʻsh edi. Nima gapligini anglagan Kumushxon jahl bilan ichkariga kirdi va
Oʻgʻlini turtib uygʻotdi.
— hoy bola tur. Xotining qani? Uyiga ketib qoldimikan. Bu nimasi, oʻzim ham aytdim darvozani berkitgan edim kim ochdi ekan deb. Nahotki lom-mim demay ketib qolsa, Agar shunday qilgan boʻlsa sira kechirmayman.– Kumushxon javray-javray xonani tartibga keltirar. Asabi buzilib, kelinining bu qiligi sira aqliga sigmayotgan edi. Oyisining shovkinidan Tolibjon ham uygʻondi. Kechagi ichkilikdan soʻng boshi tars yorilay deb ogʻrirdi. Tuzgib ketgan sochini qoʻli bilan taraganday silab, atrofga hayron bokdi.
— Nima gap oyi Zebo qani? Bu yerda nima qilyapsiz?
— Shuni sendan surayapmanda, xotining uyiga ketib qolsayam bilmay yotibsanmi? Bir ogʻiz suramasdan ketib qolibdi-ya. Hech kutmagandim. Eshitgan dushmanlarim rosa ustimdan kuladigan boʻldi. Oʻzi nima gap. Biror nima boʻldimi, janjallashib qoldilaringmi?
— Bilmadim oyi, hech nimani eslolmayapman. Nega ketadi, qayoqqa ketadi?- Tolibjon dovdiragancha kiyimlarini kiya boshladi.
— Men maktabga kech qolyapman, kelgunimcha kelinim uyda boʻlsin, tushundingmi.- Kumushxon aya qatʼiy gapirdi-da xonadan chiqib ketdi. Tolibjon kecha nimalar boʻlganini eslolmasada, farzand haqida biror nojoʻya gap gapirib Zeboni dilini ogʻritganini tushundi. U bu muoammoni anchadan beri dilida saklab kelar, Zeboni ranjitib qoʻymaslik uchun sabr bilan Alloh farzand ato etishini koʻrayotgandi……. Lekin kechagi ichkilikdan soʻng dilidagi tiliga chiqib ketganidan juda pushaymon boʻldi. U darhol oʻzini toʻgʻrilab, qaynotasini uyiga Zeboni olib kelishga borishni reja qildi. Lekin aksiga olib tushdan keyin maktabda bir necha soat darsi borligini eslab, jigi biyron boʻldi. Aʼloxon aya qizing ustiga koʻrpacha tashlab, oʻzi tashqariga chiqib soʻrida oʻtirgancha uyga toʻldi. «Endi nima boʻladi. Boshqa muammolarniku hal qilsa boʻlar, ammo farzand masalasidan juda koʻrkaman. Hamma ham Otasiday sabrli emas. Hozirgi yoshlar hamma narsaga shoshadilar. Ikki yil ular uchun juda koʻp muddat. Nahotki qizimning taqdiri ham menga oʻxshagan boʻlsa, yoʻq-yoʻq olloximning karami keng noumid boʻlmaslik kerak. ishqilib oilasi tinib tinchib ketsin yolgʻizgina qizimni koʻzidan oqqan yoshini koʻtarolmayman». Zebo shu yotgancha kun teppaga kelib peshindan oʻtgan mahall uygʻondi. Tashqarida soʻrida onasi bilan ammasi gʻuvur-gʻuvur qilishib gurunglashib oʻtirishardi. U deraza kiyasidan suhbatga yashirincha quloq soldi.
— Opa men essi yoʻq ahmoqni kechiring, sizni gapingizga quloq solmay adashibman shekilli, oʻshanda siz shoshilma, qizing hali yosh roʻzgʻor ishlari tugul, oila nima ekanligiga aqlı yetmaydi desangiz eʼtibor qilmabman. Mana endi oʻz yogʻimga oʻzim kovirilib oʻtiribman.- derdi Aʼloxonaya koʻzlarida yosh bilan
Qaynsinglisiga dardini solib.
— Xay-xay kelinbuvi bu nima deganingiz, xudo saklasin deng, muncha kuyunmasangiz, bunaqa oila mojarolari bir sizni qizingizda boʻlayotgani yoʻq, hammada boʻladi. Suv bir loykalanib keyin tinadi. Zeboxon bir chiroyli oʻtirgandiku, ha endi yoshlik qilib, bir aylanib kelibdi-da. Kechga qolmay qaytarib yuboring. Qaynonasini ishdan kelishiga osh damlab tursin. Kumushxonni bilasiz-ku, betartiblikni yomon koʻradi.
— Tartibi boshidan qolsin, bolamni girt churi qilib olgan, hali koʻrsangiz edi uni qanday somsa yeganini, menimcha u yerda toʻyibroq ovqat ham yeyolmayapti chogi. Bu gaplar Zeboga yoqmay suhbatni boʻlmoqchi boʻlib tashqariga chiqdi. Ammasi tomonga yurdi:
— Assalomu alaykum ammajon, sogʻliqingiz yaxshimi, pochchamlar, opa ukalar hammasi yaxshi yurishibdimi?
— Voy ammang oʻrgilsin Zeboxon, kel qizim. Oppomisan? Bormisan bundoq kelganingda kiray ham demaysan a biz tomonlarga, ha ular hammasi otday, sogʻ-salomat. Kuyovim qalay yaxshi ishlab yuribdimi? Xoʻp ajoyib yigitda umrini bergur.
— Kuyoviz ham yaxshi, men choy olib kelay sovib koptiku, -Zebo gapni qisqa qildi-da, oshxona tomonga qarab yurdi. Havoxonning koʻzlari chaknab, Aʼloxon ayani qoʻli bilan imlab yaqinroqka chorladi. Sekingina qulogʻiga shivirlab:
— E siz ulmang kelinbuvi, farzand bermayapti-farzand bermayapti deysiz, qizingiz homilador-ku.– dedi ishonch bilan.
— Rostdanmi opa, siz qayerdan bildingiz?
— ha men ikki kunni birida tugʻaverib homilador ayolni rangi-ruyidan ajratadigan boʻlib ketganman oʻrgilay. Axir kaxramon ona boʻlsam 10 ta farzandga yukli boʻlgan odam shunaqa oldindan biladigan boʻlib qolarkanda.
— Voy uni qarang bolam bechora boʻlsa yigʻlab essi ketyaptiya, shuning uchun gapim tugamay uxlab qolgan ekanda. Men ham Zeboga bosh qorongʻi paytim shunaqa oʻzidan-oʻzi uxlab qolardim.
— ha ishtaxa bilan non yedi deganingizdayoq koʻnglimga kelgandi oʻzi. Zebo yangi damlab kelgan choyni xontaxta ustiga qoʻyar ekan onasining chehrasidagi gʻamginlik ketib,
Oʻrnini ilik tabassum egallagani taʼjublantirdi va soʻradi:
— Ammajon oyimga nima dedingizki buncha chehrasi yorishib ketdi?
— Hadamay buvi boʻlishini eshitgandan keyin albatta xursand boʻladi-da.
— Kim buvi boʻlarkan, tushuntiribroq gapiring- Zeboni qiziqishi ortdi.
— Aʼloxonda, men bir qarashda bilaman qizim seni koʻrdimu sezdim. Buyingda bor qizim. Zebo hech nima demadi, uyalganidanmi, notoʻgʻri tushundimi yoki xursand boʻlganidanmi yugurgancha uy ichiga kirib ketdi. Havoxon esa qizga «xay qayoqqa, astaroq yurgin axir homilang bor deyapman-a» deb bakirgancha qoldi. Ular Aʼloxon bilan yana ancha suhbatlashib oʻtirishdi. Suhbat orasida Zeboni uyiga qaytarib yuborishini, turmushga bergan qizini uyda tunatib olib qolish gunoh ekanligini tushuntirdi. Palovga sabzi artib oʻtirgan Aʼloxonning qulogʻiga esa bu gaplarning yarmi kirsa yarmi kirmasdi, u oʻz xayolida tezroq Muxtor akaga quvonchli xabarni yetkazish haqida uylar, ich-ichidan Allohga hamdu sanolar aytib oʻtirardi. Havoxonaya qoʻshni qishloqda turardi kech kirmay tezroq uyga yetib olish uchun mezbonning qistoviga ham karmay uyi tomonga shoshildi. Qurilishdan qaytayotgan Muxtor aka, sal oldiroqda Tolibjonga oʻxshash bir yigitni koʻrib qadamini tezlatdi. Yaqinroqka kelib koʻrdiki aynan Tolibjonni oʻzi ekan.
— Tolibjon sizmisiz oʻgʻlim, tarvuzni eng kattasini koʻtaribsizmi oʻziyam. Bunaqa bizni xijolat qilavermangda.
— E, assalomu alaykum dadajon. Nega xijolat boʻlasiz, uzr besht toʻrt kundan beri kelolmadim, men xijolatman desam yarashadi.-Tolibjon qaynotasiga har doimgidan ham yalingʻochlik bilan murojaat qildi.– Dadajon sizni uchratib qolganim yaxshi boʻldi. Iloji boʻlsa uyga kirishdan oldin siz bilan bafurja gaplashib olsam.
— xoʻsh, xush. qulogʻim sizda- Muxtoraka Tolibjonning kutilmagan murojaatidan xavotirga tushdi. Tolibjon kechagi holatni tushuntirar ekan, aybdor ekanligini, mast holatda nojoʻya gap gapirganligidan astoydil pushaymon ekanligini, qaytib bunaqangi nomaʼqulchilik qilmasligini aytib kechirim soʻradi. Muxtor aka vaziyatni tahlil qilib bir oz uyga toʻldi-da:
— Hozir Zebo onasini yonida deng. Men saharlab qurilishga ketganim barobar endi kayyapman. Lekin oʻgʻlim yaxshi ish boʻlmabdi, ayol kishi uchun ona boʻlish juda katta baxt. Shuning uchun «tugmading» deganingiz durust emas. Bu avvalo xudoi taolodan, ammo farzand koʻrish deganda birgina ayolni ayblash kerakmas. Bu yerda muammo koʻproq erkak qishiga borib takaladi aslida. Qani uyga kiraylikchi xotinlar hali
Pashshadan fil yasab oʻtirgandir. Men sizga aytsam joy bor joyda janjal bor. Hammanikida ham oʻtadi. Men bilaman siz yomon odamlarning farzandi emassiz, oʻzingiz ham mulohazali yigitsiz. Ha endi bir mastlik rostlik deb dilingizdagini gapirgandirsizda. Ota boʻlishni Allohdan soʻrashdan oldin ichkilik degan balodan voz kechish kerak. Hali yoshsizlar nasib boʻlsa koʻp farzand koʻrasizlar. Siz xijolat boʻlmang, men iloji boricha vaziyatni yumshatishga harakat qilaman. Tolibjon qoʻlini koʻksiga qoʻygan holda boshini sarak-sarak qilib qaynotasini soʻzlarini tasdiklab turardi. Ular gap bilan boʻlib darvoza yoniga yetib qolganini ham sezmay qolishdi. Muxtor aka Tolibjonni qani-qani qilib uyga olib kirdi. Soʻriga dasturxon solingan, toʻshakning bir chetida Zebo palov bilan suyib istemol qilgani uchun achchikkina shakarob (yozgi salat) tayyorlab oʻtirardi. U Tolibjonni koʻrdi-da unga bir sovuq qarash qilib qoʻy qoldi va yosh bolalarday otasini bagʻriga otildi.
— Otajon, sogʻinib kettimku, sogʻliqingiz yaxshimi? Ertalabdan beri sizni kutaman, buncha uzoqlab ketdingiz.
— dedi Zebo, u oʻzini xuddi Tolibjonga mutlaqo eʼtibor qilmayotgan kishiday tutardi.
— Bormisan qizim, joning omon boʻlsin bolam. Ha endi hamma qoʻshnilar oʻsha yerdamiz. Bir-birimiznikida navbatma-navbat hashar qilib asta uylarni bitkazmasak hadamay sovuq kunlar kelib qoladi. Shoshilish kerak.- Muxtor aka qiziga gapirardi-yu, ikki koʻzi xotinida edi. Uning kayfiyati qanday ekanligi qiziqtirardi. Chunki jahl ustida Tolibjonga biror nima deb yuborishidan xavotirda edi. Aʼloxonayaning koʻrinishi Muxtorakani ajablantirdi. U boʻlib oʻtgan voqealardan mutlaqo xabari yoʻq odamday tirjayib, kuyovini kutib olishiga qaraganda vaziyat unchalar murakkabga oʻxshamasdi. Bu holatdan Muxtorakaning koʻngli joyiga tushdi. Aks holda xotining qaysar feʼlidan qaytarish amri mahol edi-da.
— Zeboxon qizim palovni suzaver, mana hamma jamul– jam qani otasi oʻgʻlingizni boshlang turga oʻtinglar-chi Aʼloxonayaning quvonchi ichiga sigmasdi, u Muxtorakaga bobo boʻlishini tezroq aytish ilinjida shoshilardi. Zebo palovni katta laganga suzdi-da dasturxon oʻrtasiga qoʻyib, oʻzi xohlamaygina onasining yoniga oʻtirdi. Tolibjon Zeboga qarab-qarab qoʻyardi-yu biron soʻz aytishga yuragi betlamay gaplari ogʻizida qolib ketardi. Hamma oling-oling qilib ovqatlanayotgan paytida, birdan Zeboning koʻngli yomon boʻlib, hovlining bir chetiga ariq oqayotgan tomonga qarab yugurib qoldi. Tolibjon koʻrkib uning orqasidan chopdi.
— Zebo sizga nima boʻldi, ahvolingiz yaxshimi?
— Boring, orqamdan kelmang, endi mening ahvolim qiziqtirib qoldimi sizni. Tolibjon turgan joyida kotib nima qilarini bilmay turgandi, qaynonasi chaqirib qoldi.
— Tolibjon beri keling oʻgʻlim, oʻzi shunaqa homiladorlikning ilk kunlarida koʻngil aynishlar boʻlib turadi– gapni nimadan boshlashni bilmay turgan Aʼloxonayaga bu vaziyat ayni muddao boʻlgandek edi. Hech narsaga tushunmay oʻtirgan Muxtor aka savol toʻla nigoxini xotiniga qaratdi. Tolibjon ham qulogʻiga boshqacha eshitilgan soʻzdan ajablanib darhol joyiga qaytdi. U ham Aʼloxonayaga qarab boyagi aytgan soʻzini yana bir bor qaytarishini kutib turardi.
— ha, rost aytyapman otasi xudo xohlasa bahorda bobo boʻlarkansiz. Siz yoʻqligingizda Havoxonopam kelgandilar, Zeboni koʻribok sezdi. Juda zukko ayolda oʻziyam, kelinlarini koʻpincha doktorlarsiz oʻzi uyida tugʻdiradi.- dedi Aʼloxonaya, u goho Muxtorakaga, goho hang-mang boʻlib oʻtirib qolgan Tolibjonga qarab gapirar ekan, koʻzidagi yoshlarini sira yashirolmasdi. Oʻsha kuni Tolibjon allamahalgacha Zebolarning uyida gurung qilib oʻtirdi. U Zebo bilan gaplashishni kulay paytini poylardi. Aksiga olib Zeboning qaysarlik feʼli tutib sira gap ochgani yoʻl qoʻymasdi. Uzoq suhbatdan soʻng chol-kampir yoshlarni xoli qoʻyish uchun bir-birlariga imlashib bir bahona qilishdi-yu, ichkariga kirib ketishdi. Soʻrida Tolibjon bilan Zebo yolgʻiz qolishdi. Zebo kechagi qiliklari uchun Tolibjondan nafratlanib turgan boʻlsa ham, vujudidagi urib turgan kichkinagina yurakchaning egasi shu Tolibjonning farzandi ekanligini, bunday baxtiyor damni necha yildan beri orziqib kutayotganini inobatga olib, unga boʻlgan muomalasini oz boʻlsa-da yumshatishga harakat qildi. Tolibjon xotinining koʻzlariga yanayam boshkacharoq qarab, quvonchini kay tarzda ifoda etib berishga soʻz izlardi.
— Jonim, men ahmoqni kechiring, kecha ozgina ichganimdan, nimalar qilganimni, nimalar deganimni xudo haqi bilmayman. Gapirgan gaplarim essimda yoʻq-ku ammo nojoʻya gap aytganimni bilib turibman. Sizni dilingizni ogʻritgan boʻlsam, gunohimni nima bilan yuvay ayting.
— Ozgina emas, xuddi kinolardagi ichuvchilardan ham battarroq ichgansiz, gunohingizni nima bilan yuvishni aytganim bilan siz uddasidan chiqolmaysiz baribir.
— Ayting nima qilay, shu tobda farzandimning onasi uchun ulishga tayyor holdaman.
— Qaytib ichkilik ichmasligizi xohlardim. Men unaka mast holatdagi odamni oldin koʻrmaganim uchun kecha yuragim yorilay dedi, keyin menga tugʻmas xotinsan degan gapingiz hammasidan oʻtib tushdi. Tolibjon Zeboni yoniga yaqinlashdi, uni bagʻriga bosdi, koʻzlaridagi yoshlarini artar ekan, endi ichkilikka umuman yaqinlashmaslikka soʻz berdi. Zebo bunaqangi vaziyatlarda ancha qoʻpolroq edi, u Tolibjonni nari itardi va oʻrnidan turib:
— xoʻp boʻldi. Boring endi uyingizga keting. Kech boʻlib qoldi onangiz xavotir olayotgandir.-dedi birdan
Jiddiylashib.
— Iye uyingizga deganingiz nimasi u joy sizning ham uyingiz. Ketsak birga ketamizda.-Tolibjon qanday qilib boʻlsa ham Zeboni koʻndirishga kirishdi. Eshik tirqishidan gap poylab turgan Aʼloxonaya suhbatga aralashdi:
— Oʻgʻlim buguncha qola qolsin, vaqt ham kech boʻlib qoldi. Bu holatida piyoda yurmasin. Ertaga biror mashinada olib ketarsiz. Tolibjon qaynonasining gapiga kunib, ular bilan xayrlashdi. Zebo uni kuzatib ham qoʻygisi kelmay, qisqagina xayr dedi-yu, uyga kirib ketdi. Darvoza yonigacha kuzatib kelgan Muxtoraka kuyoviga dalda boʻlish uchun:
— Siz xafa boʻlmang oʻgʻlim, xotin zoti shunaqa lov etib yonadi-yu, pis etib uchadi. Ertaga hovuridan tushsa oʻzim kuzatib qoʻyaman sizlarni. Eng muhimi bugungi xushxabardan boshim osmonga yetdi. Ilohim Allohni bergani rost boʻlsin, eson omon bagʻrimizga bosaylik.
— ha shuni ayting dadajon, bugun mendan baxtli odam yoʻq. Boʻlmasa men tezroq uyga borib uydagilarni ham xursand qilay. Tolibjon uyiga kirib kelganida onasidan boshqa hamma uxlab boʻlgan edi. Kumushxon ayaning asablari buzilganidan koʻziga uyqu kelmay kelini va oʻgʻlini kelishini poylab, xontaxtaga daftarlarni yoyib olib, oʻquvchilarning yozma ishlarini tekshirib baholash bilan vaqt oʻtkazayotgan edi. U darvoza ochilganini sezdi-yu. Darrov tashqariga chiqdi. Oʻgʻlini bir oʻzi xotinisiz qaytganini koʻrib battar gazabi qaynadi.
— ha oʻgʻlim, nega bir oʻzing kelyapsan, xotining qani?- Kumushxonaya gazab bilan gapirdi-yu, lekin oʻgʻli yaxshi kayfiyatda ekanligidan ajablandi.- tinchlikmi yigit, ogʻiziz kulogizda, yo… yana…. Haligindan… kittay a?…
— yoʻq e, assalomu alaykum oyijonim, uxlab qolmaganingiz juda yaxshi boʻlibdi. Agar uxlab qolganingizda tong otguncha gapimni ichimda saklolmay yorilib ketardim.
— Ichimni qizdirmay gapirsangchi, yangi xotin olmoqchimisan deyman, nega Zeboni olib kelmading kuni bilan qayerlarda eding?
— Qanaqa Xotin oyi, axir meni xotinim bor-ku? Suyunchi bering oyijon Zebo homilador ekan, men ahmoq boʻlsam bilmay uni ranjitib qoʻyibman. — sevinchi ichiga sigmay onasini quchoqladi.
— xoʻsh oʻzi qani deyapman? Homilador boʻlsa yaxshi. Nega oʻzini olib kelmading?- bu xushxabardan
Kumushxonaya negadir unchalar sevinmaganday edi.
— ha ertaga olib kelaman, kechga qolib ketdik. Homilador xotinni koʻp yurgizgim kelmadi, avtobusning oxirgi reysi ham ketib boʻlgan edi. Oʻzim ham hech boʻlmasa mototsiklimni minib bormagan ekanman. Shunga olib kelolmadim.- Tolibjonning shashdi ozroq pasaydi.
— Xotinlarni xolasiday gapni koʻpaytirib oʻtirgandirsanda, shart-shart boʻladiganini gapirib, xotiningni olib kelavermaysanmi. Mana ertaga non yopish kerak, kir yuvish kerak edi, bugun ham Nasiba oʻzi qiynalib ovqat pishirdi. Ishlar bilan boʻlib qoʻshimcha darsiga ham bora olmadi. Bu yil oʻqishga kiradigan qizga uy ishlari ortiqcha. Kelinmi, vazifasini bajarsin.– dedi Kumushxon qatʼiy ohangda. Onasining gaplari Tolibjonni bir oz oʻylantirib qoʻydi. U xayolida onam buvi boʻlishini eshitsa raqsga tushib ketsa kerak degan uyda edi. Yoʻq negadir unday boʻlmadi. Tolibjon aʼlo kayfiyatini buzgisi kelmagani uchun onasiga bir nima demadi-da, xayrli tun tilagancha xonasiga kirib ketdi. Tolibjon ertalab turiboq nonushta ham qilmasdan ogʻaynisi Murodning yoniga shoshildi. Ular mashinada Zeboning uyi tomon borar ekan, yoʻl yoʻl-yolakay boʻlgan ishlarni bir-bir jurasiga soʻzlab berdi. Murod Tolibjonning qilgan ishidan juda gazablandi. Hamma narsaning oʻz vaqti soati borligini, bir ogʻiz gap bilan tiniq hayotini loyqalatirmaslik kerakligini aytib oʻzicha nasihat qildi. Lekin shu onda Tolibjonning qulogʻiga nasihat tugul oddiy gap ham kirmas, uyu-xayoli boshqa bogʻlarda kezib yurardi. Murodjon farzand haqidagi xush xabarni ogʻaynilari ichida birinchi boʻlib eshitdi. U ham eng yaqin doʻstining xursandchiligiga sherik boʻldi. Shunday qilib, ikki dust Zeboni olib uyga qaytishdi. Ammo Zeboni koʻndirishni oʻzi boʻlmadi. U ota- onasining tuni bilan qilgan nasihatlarini, erining kechirim soʻrab yalinishlarini inobatga olib bazur rozi boʻlgandi. Aslida u uy ishlaridan bir oz toliqqan, uning ustiga u xonadonda koʻpchilik boʻlsa ham, eri ishdan qaytgunicha uni qandaydir yolgʻizlikka oʻxshash bir nima qiynashidan bezor edi. Shuning uchun ota eshigida biror hafta qolib bir oz oʻziga kelmoqchi edi. Ular uyga yetib kelishganida uydagilar hammasi ish-ishiga, oʻquvchilar maktabiga ketib boʻlishgandi. Tolibjon ham Zebo bilan xohlar-xohlamas xayrlashdi-da ishiga shoshildi. U bugun shundoq ham ishdan kech qolgani uchun rahbaridan gap eshitishini sezib turardi. Yana oʻsha sukut, yana oʻsha yolgʻizlik, Zeboning dilidan oʻtayotgan his tuygʻularni oʻzidan boshqa hech kim tushunmasdi.
SHAXNOZA
