Moʻtabar ona
Sabr, toqat, matonat va kuchli iroda egasi Zulxumor hoji opa Joʻrayeva Egamberdiyevnani barcha tuman aholisi yaxshi tanishadi va uni hurmat bilan tilga olishadi. U 1964-yil 5-fevralda Andijon viloyati Izboskan tumani Botirobod qishlogʻida tavallud topgan.Zulxumor opa oʻzi tugʻilib oʻsgan goʻzal , bepoyon, beqiyos ona-qishlogʻini juda sevadi va e’zozlaydi. Yuzlaridan nur taralib turgan Zulxumor opa quvnoq bolalik onlari, sinfdosh, ustoz va yaqinlarini sogʻinch koʻz yoshlari bilan yodga olar ekan uning hikoyalarini uzoq tinglagimiz hamdard boʻlgimiz keldi.Hoji opa qishloq markazida joylashgan 13-maktabni a’lo baholarga tamomlab Andijon pedagogika texnikumiga oʻqishga kiradi.Bilimdon, zukko Zulxumor opa oʻz tengdoshlari orasida ajralib tez orada ustozlari e’tiboriga tushadi.Maktabgacha ta’lim maskanlarida ilk faoliyatini boshlaydi va oʻn yil shu sohada faoliyat yuritadi.Tez orada turmush quradi.Dastlab oʻgʻil farzandli boʻladi.Lekin afsuski bu farzandi kasallik oqibatida dunyodan ancha erta koʻz yumadi.Soʻngra ikkinch farzandi-qizalogʻi dunyoga keladi.Bu onalik quvonchi ham afsuski uzoq davom etmaydi.Yoshgina qizaloq baxtsiz hodisa tufayli dunyodan koʻz yumadi.Bu holatlar Zulxumor opani anchagina qaddini bukadi.Oʻziga uzoq vaqt kela olmaydi.Bunday mudhish holatlar uni turmush oʻrtogʻi bilan ajrashishga olib keladi.
Oradan ancha vaqt oʻtgach Zulxumor opa oʻziga keladi.Endi u oʻz oldiga yoki Qariyalar uyida, yoki Bolalar mehribonlik uyida ishlashni maqsad qilib oladi.
Orzulari ushalib opa 2008 yil 8-dekabrdan Andijon viloyat bolalar shaharchasida tarbiyachi -ona lavozimida ishlay boshlaydii.U yerda yuzdan ortiq chin va chala yetim bolalarga ta’lim berib ularni mehr bilan tarbiyalaydi.Bolalar ham opani tezda sevib unga oʻrganib qoladilar. » Qanchalik mehr berib ularga onadek munosabatda boʻlmayin , koʻngli oʻksik bu bolajonlarni hech koʻzlari kulmas ma’yus boqar edilar «,- deb Zulxumor opa eslar ekan bizning koʻzlarimizdan achinish yoshlari oqar edi.
2021-yilda yetti nafar oʻgʻil bolalarni oʻz qaramogʻiga olgan Zulxumor opani ukasi oliy yoifali shifokir Joʻrayev Ma’murjon Egamberdiyevich va uning ayoli Tursunoy opa qoʻllab-quvvatlab yaqindan yordam berdilar.Ma’murjon Joʻrayev Izboskan tumanidagi shoshilich jarrohlik boʻlimida jarroh boʻlib ishlaydi.Farzandlari Abbosbek hamda Shahbozbeklar ham ammasiga ota-onasidek yaqindan yordam beradilar.Ularning roʻzĝor kamchiliklari va bolalar ehtiyojlarini qondirishga doimo harakat qiladilar.Shuningdek mahalla , Inson markazida faoliyat yuritib kelayotgan Muhammadsodiq hamda Muhayyolar ham bolalarning holidan tez-tez xabar olib turdilar.
Hozirda toʻrtta farzand oʻz oilasiga ega.Davlat yashkilotlarida faoliyat yuritib kelmoqdalar.Opani tez-tez sovgʻa salomlar, tuhfalar bilan kelib yoʻqlab duosini olib ketadilar.
Wolgan uch nafar farzandlari esa tuman markazida joylashgan 5-umumta’lim maktabida tahsil olishmoqda.Bunday taqdirdan doimo shukronalik ruhida yashayotgan Zulhumor opa garzandlarini kelajakda oʻz yurtiga xizmat qilishlariga, ona-Vatanini asrab — avaylashlariga ishonch bildiradi.
Bagʻri keng Zulxumor opani Ollohim siylab 2024-yilning ramazon oyida bir oy haj safariga borishdek baxtga muyassar qildi.
Joriy yilning 8-Martida prezidentimiz tomonidan «Moʻ’tabar ayol’ , 31-avgust kuni esa «Mustaqilligimizning 35-yilligi» koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandi.
Mehnatsevar, samimiy va kamtar opa nafaqa yoshida boʻlishiga qaramasdan hozirda tumandagi Oila maskanida yarashtiruv komissiyasiga a’zo.Yosh kelin-kuyovlarni hayotga tayyorlash oʻquv kursida faoliyat yuritmoqda.Shuningdek Daminboychek Mahalla fuqarolari yiĝinida faol nuroniy vazifasida ish olib kelmoqda. Mehnatlari doimo xalqi tomonidan munosib taqdirlanib kelayotgan mehrinon, moʻ’tabar, serqirra Zulxumor hoji opaning hamisha ishlariga omad tilab qolamiz.
Gulnora Mahkamova
