Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

Oila – hayotning abadiyligini taʼminlovchi muqaddas maskan

Oila – hayotning abadiyligini

taʼminlovchi muqaddas maskan

“Oila – mehr va baxt qo‘rg‘oni. Oila bor ekan, farzand degan bebaho neʼmat bor, insoniy qadr-qimmat va maʼnaviyat bor.

Oilaviy baxt bu – eng ulug‘ saodatdir”.

                                                                                                    Shavkat Mirziyoyev

Mamlakatimizda amalga oshirib kelinayotgan keng qamrovli ijtimoiy islohotlarning mazmun-mohiyati oila manfaatlarini himoya qilish, uning jamiyatdagi muhim ijtimoiy institut va barkamol avlodni tarbiyalash o‘chog‘i sifatida mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-tarbiyaviy asoslarini qo‘llab-quvvatlash, oilaviy tarbiya va reproduktiv salomatlik  hamda bu boradagi tizimli ishlardan tarkib topadi.

Inson borki, oilada tug‘iladi, voyaga yetadi. Oilalardan jamiyat tashkil topadi. Baxtli va farovon oilalar ko‘paysa, jamiyat rivojlanadi.

Oila – ijtimoiy hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini, tarbiyaning uzluksizligini taʼminlaydigan, kelajak avlod, qadriyatlar tizimiga o‘z taʼsirini ko‘rsatadigan ijtimoiy makon.

Oila erkak va ayol o‘rtasidagi rasmiy nikohga asoslangan, ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlardan tashkil topgan, jamiyatning axloqiy meʼyorlari va qoidalari qo‘llab-quvvatlanadigan, insoniyat madaniyatini kelajak avlodga yetkazib beradigan va uni rivojlantiradigan birlamchi ijtimoiy guruhdir.

Darhaqiqat, globallashuv jarayonlarining jadallashuvi oilaviy qadriyatlarning himoya qilinishini ham  kun tartibiga qo‘ymoqda. Jamiyatda zamonaviy tendensiyalar: iqtisodiy integratsiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining taraqqiy etishi va global Internet tarmog‘ining keng quloch yoyishi bilan oilaviy munosabatlar madaniyatining pasayishi va anʼanaviy qadriyatlarga nisbatan oila aʼzolarida yangicha munosabatning shakllanishiga taʼsir qilmoqda.

Bu esa, albatta, jamiyatimizda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish hamda yoshlar ongida oila muqaddasligi tushunchasini singdirib borishni birlamchi vazifa etib belgilamoqda.

Ming afsuski, jamiyatda oila muqaddasligi va er-xotin o‘rtasidagi iliq va samimiy munosabatlarning zarurati hamda qadriyat ekanligiga shubha tug‘duruvchi baʼzi fikr va mulohazalar hamda chaqiriqlar jaranglamoqdaki, bu borada keskin fikr-mulohazalar bildirish zarurati tug‘ilmoqda. To‘rtko‘l MFYda aholi va faollar jamlanib o‘tgan yig‘ilishda oilaviy ajrimlarning oldini olish masalalariga ham keng eʼtibor qaratildi.

Yig‘ilishda Andijon viloyat sudi sudyasi G. Asranova, fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining sudyasi M. Toshmatovaning bu boradagi maʼruzalari va fuqarolarning savollariga javoblari qatnashchilarda to‘la tushuncha hosil qilish bilan birga katta taassurot qoldirdi.

Аndijon viloyat sudi sudyasi G.Asranova, fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining sudyasi M.Toshmatova ishtirokida Izboskan tuman To‘rtko‘l  MFY da  “Oila-muqaddas maskan” mavzusi ostida oilalarni yarashtirish choralarini
ko‘rish hamda nikohdan ajrashishning huquqiy oqibatlari mavzuida faollar va mahalla ahli bilan yigilish bo’lib o’tdi.

Yig‘ilishni To‘rtko‘l MFY raisi kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda kun tartibidagi masala yuzasidan so‘zni Andijon viloyat sudi sudyasi G.Asranovaga berdi.

G.Asranova o‘z ma’ruzasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida e’tirof etilganligi, unda oila davlat tomonidan himoya qilinishi kafolatlanganligi to‘g‘risidagi normalarning mavjudligi nikoh-oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko‘rishda sudlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklatilganligini, Sudlar oila to‘g‘risidagi qonunchilik vazifalaridan kelib chiqib, qonunda nazarda tutilgan hamda oilani mustahkamlash, er-xotin va ularning bolalari huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan barcha choralarni ko‘rishlari lozimligini, bunda mahlalaning ham roli alohida ahamiyatga ekaligini bildirdi.

Shuningdek ma’ruzachi o‘z tushuntirishida Oila kodeksining 37-moddasiga muvofiq nikoh er-xotindan birining vafoti yoki ulardan biri sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilinishi oqibatida tugashligini, Er va xotin hayotligida nikoh ulardan biri yoki har ikkalasining arizasiga ko‘ra nikohdan ajratish yo‘li bilan tugatilishi mumkinligini, zarur hollarda, agar buni muomalaga layoqatsiz er yoki xotin manfaatlari himoyasi taqozo etsa, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ariza uning vasiysi tomonidan berilishi mumkinligini, Oila kodeksining 42-moddasiga ko‘ra, voyaga yetmagan umumiy bolalari bo‘lmagan er-xotinning o‘zaro roziligi bo‘lgan taqdirda  nikohdan ajratish fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida (bundan buyon matnda-FHDYo organlari) amalga oshiriladi, er-xotin o‘rtasida mehnatga layoqatsiz muhtoj er yoki xotinga moddiy ta’minot berish yoki umumiy mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risida nizo mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno ekanligini takidladi.

M.Toshmatova o’z so’zida, Oila kodeksining 43-moddasiga muvofiq, nikohdan ajratish quyidagi hollarda er-xotindan birining arizasi bo‘yicha, ular o‘rtasida voyaga yetmagan umumiy bolalar borligidan qat’iy nazar, FHDYo organlarida amalga oshirilishini, ya’ni agar er-xotindan biri sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa, ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa amalga oshirilishini, yuqoridagi qayd etilgan asoslardan birortasi mavjud bo‘lganda FHDYo organi nikohdan ajratish to‘g‘risidagi talabni rad etishga haqli emas. Er-xotin o‘rtasida bolalar to‘g‘risida, mehnatga layoqatsiz muhtoj er yoki xotinga moddiy ta’minot berish yoki umumiy mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risida nizo mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno ekanligini, OK 42-moddasi ikkinchi qismi va 43-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan barcha hollarda nikohdan ajratish sud tartibida amalga oshirilishini, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi da’volar, qoida tariqasida, javobgarning doimiy yashash joyidagi sudga, qonunda alohida nazarda tutilgan hollarda esa, da’vogarning xohishi bo‘yicha taqdim etiladi. Xususan, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi da’vo jazo muddatidan qat’iy nazar, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs bilan (agar ish sudning sudloviga taalluqli bo‘lsa) — mazkur shaxsning sudlangunga qadar oxirgi yashash joyida, yashash joyi noma’lum bo‘lgan shaxs bilan-uning ma’lum bo‘lgan oxirgi yashash joyida yoki uning mol-mulki turgan joyda, da’vogar voyaga yetmagan bolalari borligi yoki salomatligi tufayli javobgarning yashash joyiga borishga qiynalgan hollarda esa,-da’vogarning yashash joyida, O‘zbekiston Respublikasida yashash joyiga ega bo‘lmagan yoki mamlakatdan chiqib ketgan shaxs bilan –uning mol-mulki turgan joyda yoki O‘zbekiston Respublikasida ma’lum bo‘lgan oxirgi yashash joyida taqdim etilishi mumkinligini, bir yil davomida yashash joyi haqida ma’lumot bo‘lmagan shaxsga nisbatan nikohdan ajratish haqidagi da’vo bilan murojaat qilinganda, sudya da’vogarga fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish tartibini tushuntirishi lozimligini, agar er yoki xotindan biri ikkinchisini bedarak yo‘qolgan deb topish haqida ariza berishdan bosh tortsa, sudya da’vo arizasini qabul qilishni rad etishga haqli emasligini, sud esa, nikohdan ajratish haqidagi da’voni umumiy asoslarda ko‘rishga majbur ekanligini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini chet el fuqarolari bilan tuzilgan, chet el fuqarolarini o‘zaro tuzilgan nikohdan ajratish, shuningdek mazkur shaxslarning oilaviy-huquqiy  munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa nizolar Oila kodeksining 9-moddasi hamda VIII-bo‘limida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq amalga oshirilishini, nikohdan ajratish haqidagi da’vo arizasi FPK 149, 150-moddalari talablariga javob berishi kerak. Unda jumladan,  nikoh qachon va qaerda rasmiylashtirilganligi, nikohdan bolalar bor-yo‘qligi, ularning yoshi, er-xotin o‘rtasida ularni  ta’minoti va tarbiyasi haqida kelishuvga erishilgan-erishilmaganligi, nikohdan ajratish sabablari nikohdan ajratish haqidagi da’vo bilan birga ko‘rilishi mumkin bo‘lgan boshqa talablar bor-yo‘qligi ko‘rsatilishini, arizaga nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxalari, er-xotinning oylik maoshi va o‘zga daromadlari haqidagi, davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjatlar, da’vo talablarini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinishi lozimligini, nikohdan ajratilgandan keyin voyaga yetmagan bolalar ulardan qaysi biri bilan yashashi to‘g‘risida, voyaga yetmagan bolalar va(yoki) mehnatga layoqatsiz muhtoj er(xotin)ga ta’minot berish uchun mablag‘ to‘lash tartibi va miqdori to‘g‘risida, er-xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish to‘g‘risida, bunday kelishuv mavjud bo‘lmagan yoki mazkur masalalar yuzasidan er-xotin o‘rtasida nizo bo‘lgan hollarda ular nikohdan ajratish to‘g‘risidagi talab bilan bir vaqtda mazmunan ko‘rib chiqilishi lozimligini aytib o‘tdi.

Yakynda savollarga to’la javoblar berildi.

M.Mirzaabdullaev.

Улашинг: