Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

Tushuncha va mohiyat

Asossiz 1boylik 1orttirish 1oqibatida 1kelib 1chiqadigan 1majburiyatlar 1tushunchasi va mohiyati.

 

Jamiyatda yuzaga kelayotgan ijtimoiy munosabatlar turli hil huquqiy munosabatlar yuzaga keladi. Fuqarolar tomonidan fuqarolik, mehnat, ma’muriy, oila va boshqa sohalarga oid munosabatlarga kirishiladi. Ularndan eng ko‘p uchraydigani fuqarolik-huquqiy munosabatlar hisoblanib, muayyan huquq va majburiyatlar yuzaga keladi.

“Fuqarolik huquqi xususiy huquq tizimining asosiy va yetakchi sohasi sifatida mazmuni va tuzilishi jihatdan ko‘p yillik ilmiy izlanishlar natijasida chop etilgan monografiyalar, darsliklar hamda o‘quv qo‘llanmalarda ma’lum darajada shakllanishda davom etdi. Fuqarolik huquqining ijtimoiy hayotda vujudga keladigan ko‘p qirrali munosabatlarni tartibga solishda tutgan o‘rni hamda uning mohiyati, ahamiyati va vazifalari har tomonlama yetarli darajada belgilandi. Lekin ta’kidlab o‘tish joizki, huquq tizimi va uning tarkibiy qismlari, jumladan, fuqarolik huquqi, bir vaqtning o‘zida shakllanmadi, tashkil topmadi, balki jamiyatda siyosiy tizim­ning, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning ma’lum davrdagi rivojlanish bosqichiga muvofiq o‘zgarib keldi”.

Darvoqea, jamiyatda yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarning eng ko‘p qismini fuqaroviy-huquqiy munosabatlar tashkil etadi. Kundalik hayotimizda deyarli har kuni turli xil shakllardagi fuqaroviy-huquqiy munosabatlarga kirishishimiz sir emas. O‘z navbatida bunday munosabatlarda muayyan bir huquq va majburiyatlar yuzaga keladi.

“Asossiz egallab olingan mol-mulk (masalan, pochta orqali yuborilgan narsa yanglishish natijasida uni qabul qilib oluvchiga emas, boshqa shaxsga topshirilgan, tovar boshqa adresga yetkazib berilgan va h.k.) egasiga topshirilmasa, asossiz boylik orttirish deb hisoblanadi va bunday mol-mulk asl holida o‘z egasiga kaytarilishi kerak. Asossiz orttirilgan va tejab qolingan mol-mulkni asl holatda kaytarib berishning imkoniyati bo‘lmagan taqdirda ushbu mol-mulkni qo‘lgakirituvchi jabrlanuvchiga bu mol-mulkni 1qo‘lga 1kiritish 1paytidagi 1haqiqiy 1qiymatini 1to‘lashi 1lozim”[1].

Bozor iqtisodiyotiga asoslangan har bir davlatda xususiy mulk
va u bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar iqtisodiyotni rivojlantirish
va mamlakatning taraqqiy etishida asosiy omillardan hisoblanadi.
Shu sababli, xususiy mulkning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rnini anglash va belgilab olish muhim hisoblanadi. Asossiz orttirilgan boylik natijasida bevosita fuqarolarning mod-mulki o‘zlashtirib olinadi. Bu bilan fuqarolarning mulk huquqi kafolatlariga zarar yetkaziladi.

Xususan, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 17-moddasida har bir inson yakka holda, shuningdek, boshqalar bilan birgalikda mulkka egalik qilish huquqiga ega ekanligi belgilangan.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida inson manfaati va uning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish yotadi. Fuqarolarning mulk huquqlarini kafolatlanishini ta’minlash davlatning muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Andijon viloyati adliya boshqarmasi

Andijon shahar yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti

3-darajali yurist

Mamajonov Farohiddin Obitdjon o’g’li

[1]11Ҳ.1Р.1Раҳмонқулов. 11Фуқаролик 1ҳуқуқи 1муаммолари. (1-қисм). 1Дарслик. –Т.: 1ТДЮИ 1нашриёти, 12010. 1535 1бет.

Улашинг: