Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

Elektron raqamli imzo nima va uni qanday olish mumkin?

Elektron raqamli imzo nima va uni qanday olish mumkin?    

Hujjatni tasdiqlashning asosiy elementlaridan biri bu imzodir. Hujjatlarni raqamlashtirish bilan birgalikda elektron raqamli imzo (ERI) yaratildi. Bu an’anaviy oq qog’ozga ruchka yordamida qo’yiladigan imzoning muqobil varianti bo‘lib, elektron hujjatlarni imzolash va haqiqiyligini tekshirishda shaxsni tasdiqlash uchun ishlatiladi.

ERI vaqt va pulni sezilarli darajada tejaydi hamda ikki yil muddatga beriladi. ERI davlat xizmatlarining barcha turlariga masofadan kirishni ta’minlaydi va hujjatlarning haqiqiyliga kafolat bo‘lib xizmat qiladi hamda qalbakilashtirishdan himoya qiladi.

ERI qanday olinadi? ERIni uchta usulda olish mumkin:

  1.  davlat xizmatlari markazida;
  2.  masofadan (onlayn):
  3.  yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida
  4.  Eri ro‘yxatga olish markazining rasmiy veb- saytida — e-imzo.uz.    
  5. Malumot uchun: ERI berish uchun tolov jismoniy shaxslar uchun hisoblangan bazaviy qiymatning 7% va yuridik shaxslar uchun 10% ni tashkil qiladi. To‘lovni 8 soat ichida istalgan usulda amalga oshirish mumkin: Click, PayMe yoki Paynet orqali. Shundan so‘ng siz o‘zingizning arizangizni veb-saytda topishingiz va chop etishingiz mumkin.
  6.          Taqdim etilgan so‘rovnoma Davlat xizmatlari markazi operatori tomonidan olinganidan keyin 1 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
  7. ERI olishni istagan yuridik yoki jismoniy shaxslar Davlat soliq qo‘mitasi ro‘yxatga olish markazining rasmiy veb-saytidagi davlat xizmatidan foydalanishlari mumkin https://e-imzo.uz.
Elektron imzodan qanday foydalanish kerak?

Sertifikatni yuklab olib, kalitni saqlaganingizdan so‘ng, ERIdan foydalanib hamda kalit parolini kiritgan holda my.gov.uz saytidagi shaxsiy kabinetingizga kirishingiz kerak. my.gov.uz veb-saytidan tashqari, ERI my.soliq.uz, stat.uz, faktura.soliq.uz, fo.birdarcha.uz, shop.uzex.uz va boshqa veb-saytlarida ham ishlatilishi mumkin. ERIning mavjudligi davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish imkonini beradi.

Xususan, jismoniy shaxslar ish haqini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomalarini, bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqani, pensiya va uning miqdori to‘g‘risidagi guvohnomalarni olishlari, bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish uchun elektron ariza berishlari, bojxona to‘lovlari bo‘yicha taqqoslama dalolatnomani olishlari va boshqa xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

D.Qurbonaliyev,

Izboskan tuman davlat xizmatlari markazi direktori .

Улашинг: