Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

REFERENDUM BU HALQNING HOHISH IRODASINI IFODALOVCHI MUHIM TADBIRDIR

  Inson tug’ilib davlatchilik shakllanibdiki, davlat boshqaruvda ishtrok etishga, o’zining orzu istaklarini amalga oshirishga intilib kelgan. Siyosiy huquqlarga ega bo’lish uchun ne ne jangu jadallar bo’lgan, qancha qurbonlar berilgan. Mustaqil O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida bu huquq mustahkamlab qo’yildi. Saylash va saylanish, referendumda ishtirok etish ana shunday huquqlraning eng muhimidir.

REFERENDUM (lot. referendum — bildirilishi kerak bo’lgan) — umumxalq ovoz berish yo’li bilan qonunlar qabul qilish va davlat ahamiyatiga molik eng muhim masalalarni hal qilish shaklidir.. Bevosita demokratiyaning muhim vositasi. Referendumning saylovlardan asosiy farqi shundaki, referendum o’tkazilayotganda biron bir lavozimga nomzod yoki nomzodlar ro’yxati uchun ovoz berilmaydi, balki unda muayyan masala — qonun, qonun loyihasi, konstitutsiya, konstitutsiyaga tuzatishlar, mamlakat xalqaro maqomiga taalluqli yoki ichki siyosatiga oid biron bir savol qo’yiladi. Saylov natijalari majoritar tizim bo’yicha ham, proportsional tizim bo’yicha ham aniqlanishi mumkin bo’lsa, referendum natijalari faqat majoritarizm (mutlaq ko’pchilik ovozini hisoblash) tamoyillari asosidagina aniqlanishi mumkin. Referendumning o’ziga xos shakli plebistsit hisoblanadi. Ayrim mamlakatlar (masalan, Fransiya)da plebistsit referendumga nisbatan birmuncha kengroq tushuncha hisoblanadi. Ba’zi mamlakatlar (masalan, AQSH)da esa plebistsit bilan referendumni farqlamaydilar. Hozirgi zamon davlatlarining konstitutsiyaviy huquqi referendum va uni o’tkazishning turli xil ko’rinishlarini nazarda tutadi. referendumlar butun davlat hududida o’tkaziladigan umumilliy referendum va alohida federatsiya sub’ektlari yoki ma’muriy-hududiy birliklarda o’tkaziladigan mahalliy Referendumga bo’linadi. Konstitutsiyaga yoki qonunlarga taallukdi referendum o’tkazilishi mumkin. Birinchi holda yangi konstitutsiya loyihasi yoki konstitutsiyaga qilinadigan o’zgartirish va tuzatishlar bo’yicha referendum o’tkazilsa, ikkinchi holatda qonun loyihasi yoki kuchga kirgan qonun bo’yicha referendum o’tkaziladi. Huquqiy ahamiyati jihatdan maslahat referendumlari (xalq so’rovi deb ham ataladi) va hal qiluvchi referendumlar bo’ladi. Maslahat referendumlari biron bir masala yuzasidan saylovchilarning irodasini aniqlab olish bo’yicha o’tkazilib, ana shu asosida davlatning boshqa organlari qaror chiqaradi (bunday referendumlar SHveytsariya, Ispaniyada o’tkaziladi). Hal qiluvchi referendum larda biron-bir masala uzilkesil qaror chiqarish uchun saylovchilar ovoziga qo’yiladi. SHuningdek, majburiy va fakulьtativ referendumlar bo’ladi. Referendumlar o’tkazish zarurati konstitutsiya yoki boshqa konstitutsiyaviyhuquqiy hujjatda ko’rsatilgan bo’lsa (Mas, konstitutsiya o’zgartiriladigan holda) majburiy referendum o’tkaziladi. Fakulьtativ referendumlar tegishli davlat organi yoki saylov korpusi irodasiga bog’liqholda o’tkaziladi. «O’zbekiston Respublikasining referendumi to’g’risida»gi qonun (dastlab 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan, 2001-yil 30-avgustda yangi tahrirda qabul qilingan)ga ko’ra, O’zbekiston Respublikasining referendumi O’zbekiston Respublikasining qonunlarini va boshqa qarorlarini qabul qilish maqsadlarda jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir. Referendumda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega bo’ladi va faqat referendum yo’li bilan bekor qilinishi yoki o’zgartirilishi mumkin. Referendum. O’zbekiston Respublikasining butun hududida o’tkaziladi. Referendumni o’tkazish tashabbusi bilan: O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenta chiqishi mumkin. Referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan (18 yoshga to’lgan) O’zbekiston fuqarolari umumiy sonining kamida 5 foizini tashkil etgan fuqarolar imzosi to’plangan (bunda imzo chekkan fuqarolar miqdori har bir ma’muriy-hududiy tuzilma bo’yicha bir tekis va mutanosib ravishda taqsimlangan) bo’lsa; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari a’zolarining uchdan ikki qismining ovozi bilan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining asoslantirilgan talabi bilan referendum o’tkazilishi mumkin. Kuyidagi masalalar referendum predmeti bo’lishi mumkin emas: O’zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini o’zgartirish; O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va soliklar; amnistiya va afv etish; jamoat tartibini, aholi sog’lig’i va havfsizligini ta’minlash bo’yicha favqulodda va shoshilinch chora-tadbirlar o’tkazish; O’zbekiston Respublikasining halqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish; mansabdor shaxslarni tayinlash va vazifasidan ozod etish. Referendum yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkaziladi. O’zbekiston Respublikasi tarixida 1-marta 1991-yil 29-dekkabrda referendum o’tkazilgan va unda «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 31-avgustdagi Konstitutsiyaviy qonuni to’g’ri qabul qilinganligini O’zbekiston xalqi bir ovozdan ma’qulladi. 2-marta 2002-yil 27-yanvarda O’zbekiston Respublikasida 2 palatalik parlamentni shakllantirish va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddatini 5 yildan 7 yilga o’zgartirishga bag’ishlangan referendum bo’lib o’tgan. Referendumlar qancha ko’p o’tkazilsa, mamlakatda demokratiya mustahkamlanib borayotganini ko’rsatadi.

B.I.Aliyev,

Marhamat tuman Adliya bo’limi yetakchi maslahatchisi.

(Maqolani tayyorlashda “Qomus info onlayn entsiklopediyasi” materiallarinidan foydalanildi).  

Улашинг: