Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

OILA, MEHNAT VA TADBIRKORLIK SOHASIDA AYOLLARGA BERILGAN IMTIYOZLAR

Bugungi kunda mamlakatimizda ayollar huquqini himoya qilish, ularga keng imtiyozlar yaratib berish eng dolzarb va ustuvor sohalardan biriga aylangan desak, adashmagan  bo‘lamiz.  Birgina  “Xotin-qizlar  va  erkaklar  uchun  teng  huquq hamda  imkoniyatlar  kafolatlari  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi qonunining  qabul  qilinishi  ham  bu  sohaga  bo‘lgan  e’tiborning  yanada kuchayganidan dalolat beradi. Mazkur qonunda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq  hamda  imkoniyatlar  kafolatlarini  ta’minlashning  asosiy  prinsiplari,  jins bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik,  xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash kafolatlari,  jins bo‘yicha bevosita yoki bilvosita kamsitish  faktlari  ustidan  shikoyat  qilish  huquqining  mavjudligi  hamda  xotinqizlar va  erkaklar uchun  teng  huquq  hamda  imkoniyatlar kafolatlari  to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik masalalari yoritib berilgan.

So‘nggi  yillarda  amalga  oshirilgan  keng  qamrovli  islohotlar  natijasida O‘zbekiston  Respublikasida  jamiyat  hayoti  va  faoliyatining  barcha  sohalarida xotin-qizlar hamda erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash, xotinqizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish masalalari bo‘yicha mustahkam huquqiy  asoslar  yaratildi.  Bugungi  kunga  kelib,  davlat  va  jamoat  tashkilotlarida, umuman barcha sohalarda ayollarning salmog‘i ortib borayotganligini kuzatishimiz mumkin.

Xususan,  Davlat  va  jamoat  tashkilotlari tizimida  1 300 nafardan  ortiq, shu jumladan  vazirlik  va  idoralarda  45  nafar,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti Administratsiyasi  hamda  Vazirlar  Mahkamasida  39  nafar,  mahalliy  davlat hokimiyati organlarida 207 nafar ayol rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritmoqda.O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  palatalari,  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga 2019-yilda bo‘lib  o‘tgan saylovlarda ro‘yxatdan o‘tgan 21 435 000 nafar saylovchining qariyb 50 foizi yoki 10 825 641 nafari xotin-qizlardir.Ushbu  saylovlarda  ko‘rsatilgan  nomzodlarning  41  foizi  xotin-qizlar  bo‘lib, ularning  soni  O‘zbekiston  Respublikasi  Saylov  kodeksida  belgilangan  30  foizlik kvotadan ortdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining 32  foizi,  Senati  a’zolarining  hamda  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy Kengashlar deputatlarining qariyb 25 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Shuningdek,  O‘zbekiston  “Milliy  tiklanish”  demokratik  partiyasi  va O‘zbekiston  Xalq  demokratik  partiyasi  a’zolarining  49  foizini,  O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi a’zolarining 46 foizini, O‘zbekiston Liberaldemokratik partiyasi va O‘zbekiston Ekologik partiya a’zolarining 41 foizini xotinqizlar tashkil qiladi. Tijorat banklari mikrokredit bazasi mijozlarining 30 foizidan ortig‘ini xotinqizlar tashkil etmoqda. Tijorat  banklari  mablag‘lari hisobidan 172  mingdan  ortiq xotin-qizlarga  4,9  trillion  so‘m  miqdorida  kreditlar  ajratildi.  Buning  natijasida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan xotin -qizlar soni bir yilda 45 ming nafarga ko‘paydi.  Tadbirkorlik  subyektlarining  20  foiziga,  shu  jumladan  fermer xo‘jaliklarining 7,3 foiziga ayollar rahbarlik qiladi . Shuningdek,  ayollarga  keng  imkoniyatlar  yaratib  berish  yuzasidan qonunchiligimizda  ham  alohida  normalar  kiritilganligi  ham  quvonarli,  albatta.

Oilaviy munosabatlarda ayollarga berilgan imztiyozlar haqida suyida tanishishimiz mumkin:

O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksida  ham  erkaklar  va  ayollarning huquqlari,  oilaviy  munosabatlar  teng  huquqlilik  prinsipiga  asoslanishini  hamda ayollarning  oilaviy  munosabatlardagi  imtiyozlari  haqida  alohida  normalar keltirilgan.  Xususan,  ona  va  bola  manfaatlarini  muhofaza  qilish  ayollarning mehnati  va  sog‘lig‘ini  saqlashga  doir  maxsus  tadbirlar  ko‘rish,  mehnatni  onalik bilan  bog‘lab  qo‘shib  olib  borish  uchun  ayollarga  sharoit  yaratish,  onalik  va bolalikni huquqiy himoya qilish, moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash

yo‘li  bilan  ta’minlanishi  belgilangan.  Shuningdek,  Oila  kodeksiga  ko‘ra,  Nikoh tuzish vaqtida er va xotin o‘z xohishi bilan eri yoki xotinining familiyasini umumiy familiya qilib tanlaydi yoki ularning har biri nikohgacha bo‘lgan o‘z familiyasini saqlab  qoladi.  Bundan  tashqari  Oila  kodeksiga  ko‘ra,  quyidagi  huquqlar  alohida belgilangan:

  O‘zbekiston Respublikasida onalik davlat himoyasidadir;

  sobiq xotin homiladorlik davrida va o‘rtada bola tug‘ilgan kundan boshlab

uch yil davomida sud tartibida aliment talab qilish huquqiga egadi;

  Bolalar  tarbiyasi  va  oilaviy  turmushning  boshqa  masalalarini  er  va  xotin

birgalikda hal qiladilar;

  Er va xotinning har biri mashg‘ulot turi, kasb va turish hamda yashash joyini

tanlashda erklidir;

  Er va xotin ularning birgalikdagi umumiy mulki bo‘lgan mol-mulkka egalik

qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishda teng huquqlarga egadir;

  Er  va  xotinning  nikohga  qadar  o‘ziga  tegishli  bo‘lgan  mol-mulki,

shuningdek  ulardan  har  birining  nikoh  davomida  hadya,  meros  tariqasida  yoki

boshqa  bepul  bitimlar  asosida  olgan  mol-mulki  ulardan  har  birining  o‘z  mulki

hisoblanadi;

  immatbaho buyumlar va zebu-ziynatlardan boshqa shaxsiy foydalanishdagi

buyumlar (kiyim-bosh, poyabzal va boshqa shu kabilar), garchi nikoh davomida er

va  xotinning  umumiy  mablag‘i  hisobiga  olingan  bo‘lsa  ham,  ulardan  foydalanib

kelgan er va xotinning xususiy mulki hisoblanadi;

  Xotinining  homiladorlik  vaqtida  va  bola  tug‘ilganidan  keyin  bir  yil

mobaynida er xotinining roziligisiz nikohdan ajratish to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga

haqli emas;

Yuqorida  keltirilgan  Oila  kodeksi  normalaridan  ham  ko‘rinib  turibdiki, oilaviy  munosabatlarda  er  va  xotin  teng  huquqli  hisoblanadi  hamda  ayollarga oilaviy munosabatlarda bir qator imtiyozlar ham berilgan.

Mehnat munosabatlarida ayollarga berilgan imtiyozlar

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida ishlayotgan ayollarga nisbatan bir  qator  huquqlar  va  imtiyozlar  berilgan  bo‘lib,  bularning  barcha  ayollarning ishchanlik  qobiliyati,  belgilangan  toifadagi  ishlarga  yaroqliligi  holatlaridan  kelib chiqib, ijtimoiy adolat prinsplari doirasida qo‘llanilgan. Xususan,  Mehnat  kodeksida  Xomilador  ayollar  uchun  bir  qator imtiyozli normalar keltirilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

  Barcha  fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo‘lish va ulardan foydalanishda teng  imkoniyatlarga  egadir.  Jinsi,  yoshi,  irqi,  millati,  tili,  ijtimoiy  kelib  chiqishi, mulkiy  holati  va  mansab  mavqeyi,  dinga  bo‘lgan  munosabati,  e’tiqodi,  jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik qobiliyatlariga va ular  mehnatining  natijalariga  aloqador  bo‘lmagan  boshqa  jihatlariga  qarab mehnatga  oid  munosabatlar  sohasida  har  qanday  cheklashlarga  yoki  imtiyozlar belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi va bular kamsitish deb hisoblanadi;

 

  Homilador  ayollar,  uch  yoshga  to‘lmagan  bolasi  bor  ayollar  ishga  qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi;

  homilador ayollarni va ikki yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish haqida buyruq chiqarish uchun  esa,  —  ularning arizasi va tibbiy xulosa asos bo‘ladi;

  Homiladorligi  yoki  bolasi  borligi  sababli ayollarni ishga qabul  qilishni  rad etish  va  ularning  ish  haqini  kamaytirish  taqiqlanadi.  Homilador  ayolni  yoki  uch yoshga  to‘lmagan  bolasi  bor  ayolni  ishga  qabul  qilish  rad  etilgan  taqdirda  ish beruvchi  rad  etishning  sabablarini  ularga  yozma  ravishda  ma’lum  qilishi  shart.

Mazkur shaxslarni ishga qabul qilishni rad etganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin;

  Tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollarning ishlab chiqarish normalari,

xizmat  ko‘rsatish  normalari  kamaytiriladi  yoki  ular  avvalgi  ishlaridagi  o‘rtacha oylik  ish  haqi  saqlangan  holda  yengilroq  yoxud  noqulay  ishlab  chiqarish omillarining ta’siridan xoli bo‘lgan ishga o‘tkaziladi;

  Homilador ayolga yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillari ta’siridan xoli  bo‘lgan  ish  berish  masalasi  hal  etilgunga  qadar,  u  ana  shu  sababdan  ishga chiqmagan barcha ish kunlari uchun o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan h olda ishdan ozod etilishi lozim;

  Homilador ayollar va uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat  shartnomasini  ish  beruvchining  tashabbusi  bilan  bekor  qilishga  yo‘l qo‘yilmaydi,  korxonaning  butunlay  tugatilish  hollari  bundan  mustasno,  bunday hollarda  mehnat  shartnomasi  ularni  albatta  ishga  joylashtirish  sharti  bilan  bekor

qilinadi;

  ayollarga  —  homiladorlik  va  tug‘ish  ta’tili  oldidan  yoki  undan  keyin ularning xohishi bo‘yicha olti oy o‘tmasdan oldin beriladi.

O‘zbekiston  Respublikasi  Mehnat  kodeksida  ikki  yoshga  to‘lmagan bolasi bor ayollarga ham bir qator huquqlar va imtiyozlar berilgan:

  Ikki yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarga, dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan  tanaffusdan  tashqari,  bolani  ovqatlantirish  uchun  qo‘shimcha tanaffuslar ham beriladi. Bu tanaffuslar kamida har uch soatda bir marta har biri o‘ttiz minutdan kam bo‘lmagan muddat bilan beriladi. Ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolasi bo‘lgan taqdirda, tanaffusning muddati kamida bir soat qilib belgilanadi.

  Homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi ikki yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ta’til berilib, bu davrda qonunchilikda belgilangan tartibda nafaqa to‘lanadi.

O‘zbekiston  Respublikasi  Mehnat  kodeksida  uch  yoshga  to‘lmagan bolasi bor ayollarga ham bir qator huquqlar va imtiyozlar berilgan:

  homilador  ayollarni  va  uch  yoshga  to‘lmagan  bolasi  bor  ayollarni  tungi ishlarga  jalb  qilishga  bunday  ish  ona  va  bolaning  sog‘lig‘i  uchun  xavf tug‘dirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa bo‘lgan taqdirdagina yo‘l q o‘yiladi.

  Uch  yoshga  to‘lmagan  bolalari  bor,  budjet  hisobidan  moliyaviy  jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga ish vaqtining haftasiga o‘ttiz besh soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi.

  ikki  yoshdan  uch  yoshgacha  bo‘lgan  bolani  parvarish  qilayotgan  ayollarga ularning  xohishiga  ko‘ra,  ish  haqi  saqlanmagan  holda  muqarrar  tartibda  ta’til beriladi.

Tadbirkorlik va boshqa sohalarda ayollarga berilgan imtiyozlar

O‘zbekiston  Respublikasida  ayollarni  har  taraflama  himoya  qilish,  ularga ijtimoiy  hayotda  qulayliklar  yaratish  maqsadida  keng  imkoniyatlar  yaratib berilmoqda.  Xususan,  ta’lim,  ijtimoiy  hayot  va  tadbirkorlik  sohalarida  ayollarga yanada  keng  imkoniyatlar  yaratib  berish  yuzasidan  keng  qamrovli  ishlar  amalga oshirilmoqda. Buning yorqin misoli sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:

  1. Qonunchilikka ko‘ra, “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni ta’sis etilgan bo‘lib, mazkur ko‘krak nishoni bilan:

  jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan;

  o‘zining  samarali  mehnati  bilan  oilaning  shakllanishiga  va  farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan;

  sog‘lom  va  barkamol  avlodni  voyaga  yetkazish,  ularni  vatanparvarlik  va istiqlol  g‘oyalariga  sadoqat  ruhida  tarbiyalash,  joylarda  ma’naviy-axloqiy  muhitni sog‘lomlashtirish  va  milliy  qadriyatlarimizni  keng  targ‘ib  etish  borasida  ibratli faoliyat  olib  borayotgan  xotin-qizlar  taqdirlanadi. Asos:    Vazirlar Mahkamasining

2018-yil  2-apreldagi  “«Mo‘tabar  ayol»  ko‘krak  nishonini  ta’sis  etish  choratadbirlari to‘g‘risida”gi 257-son qarori.

  1. Vazirlar Mahkamasining  2021-yil  28-apreldagi   “Moddiy  yordam  va ko‘makka  muhtoj  oilalarni,  xotin-qizlar  va  yoshlarni  ijtimoiy  qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha  qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi  250-son  qaroriga  ko‘ra, “Ayollar  daftari”ga  kiritilgan  xotin-qizlarga  BHMning  2  baravaridan 4  baravarigacha  (540  ming  so‘mdan  1  mln  80  ming  so‘mgacha)  miqdorda  bir martalik moddiy yordam ajratilishi belgilangan.
  2. Uy-joyga muhtoj  xotin-qizlarga  beriladigan  arzon  uy-joylar to‘lovining:

  10  foizi  Xotin-qizlarni  qo‘llab-quvvatlash  davlat  maqsadli  jamg‘armasi, talabgor  ishlayotgan  tashkilot  va  boshqa  manbalar  hisobiga  (boshlang‘ich  badal sifatida);

  90 foizi banklarning imtiyozli kreditlari hisobiga qoplanadi.

Arizalar tuman hokimi boshchiligidagi hududiy komissiyaga beriladi. Asos:  Vazirlar  Mahkamasining  2018-yil  12-apreldagi  “Og‘ir  ijtimoiy vaziyatga  tushib  qolgan  xotin-qizlarga,  nogironligi  bo‘lgan,  kam  ta’minlangan,

farzandlarini  to‘liqsiz  oilada  tarbiyalayotgan  va  uy-joy  sharoitini  yaxshilashga muhtoj  onalarga  arzon  uy-joylar  berish  tartibi  to‘g‘risidagi  nizomni  tasdiqlash haqida”gi  285-son  qarori  asosida  tasdiqlangan  “Og‘ir  ijtimoiy  vaziyatga  tushib qolgan  xotin-qizlarga,  nogironligi  bo‘lgan,  kam  ta’minlangan,  farzandlarini to‘liqsiz  oilada  tarbiyalayotgan  va  uy-joy  sharoitini  yaxshilashga  muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom.

  1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi “Vazirlar Mahkamasining «bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy  reglamentini  tasdiqlash  to‘g‘risida»  2018  yil 28  martdagi  244-son  qaroriga  o‘zgartirishlar  kiritish  haqida”gi  319-son  qarori asosida  tasdiqlangan  “Bolalarni  davlat  maktabgacha  ta’lim  tashkilotlariga qabul  qilish  bo‘yicha  davlat  xizmatlari  ko‘rsatishning”  ma’muriy reglamentiga  ko‘ra,  “Ayollar  daftari”ga  kiritilgan  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj yolg‘iz  ayollarning  bolalari  davlat  maktabgacha  ta’lim  tashkilotlariga  ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega.
  2. O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining  2019-yil  7-martdagi  “Xotinqizlarning  mehnat  huquqlari  kafolatlarini  yanada  kuchaytirish  va tadbirkorlik  faoliyatini  qo‘llab-quvvatlashga  oid  chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4235-son qaroriga ko‘ra, Gender tengligi buzilishi bilan bog‘liq ishlarning  sudlarda  ko‘rib  chiqilishida  ayollarga  advokatlar  tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik xizmat uchun haq davlat hisobidan qoplanadi.
  3. O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining  2020-yil  13-oktyabrdagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga  doir  qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi  PQ-4862-son

qaroriga ko‘ra, Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi  tomonidan  ma’qullangan  dasturlar  va  belgilangan  talablar  asosida  tashkil etilgan o‘quv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchi (yoshlar, xotin-qizlar) uchun kasb-hunar  va  tadbirkorlikka  o‘qitish  bo‘yicha  nodavlat  ta’lim  tashkilotlariga sarflangan  xarajatlarning  70  foizi,  biroq  har  bir  bitiruvchiga  1  million  so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdori davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi.

  1. Vazirlar Mahkamasining  2021-yil  28-apreldagi  “moddiy  yordam  va ko‘makka  muhtoj  oilalarni,  xotin-qizlar  va  yoshlarni  ijtimoiy  qo‘llabquvvatlash  bo‘yicha  qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi  250-son

qaroriga  ko‘ra,  «Ayollar  daftari»ga  kiritilgan  va  tadbirkorlik  bilan  shug‘ullanish istagida  bo‘lgan  xotin-qizlarga  BHMning  150  baravarigacha  miqdorda  kredit ajratilishi belgilangan.

  1. Vazirlar Mahkamasining  2020-yil  23-iyundagi  “Oliy  ta’lim muassasalariga  qo‘shimcha  davlat  granti  asosidagi  qabul  ko‘rsatkichlari  doirasida ehtiyojmand  oilalardagi  xotin-qizlarga  tanlovda  ishtirok  etish  uchun  tavsiyanoma berish  va  ularni  o‘qishga  qabul  qilishni  tashkil  etish  tartibi  to‘g‘risidagi  nizomni tasdiqlash  haqida”gi  402-son  qaroriga  ko‘ra,  Ehtiyojmand  oilalardagi  xotinqizlarga  oliy  ta’lim  muassasalari  kirishda  davlat  granti  asosidagi  qabul  doirasidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladi.

Tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

  kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar;

  to‘liqsiz  oilada  tarbiyalanayotgan,  ya’ni  otasi  yoki  onasi  yoxud  ularning

ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

  turmush  o‘rtog‘i  vafot  etgan,  voyaga  yetmagan  farzandini  yolg‘iz

tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

  nogiron farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

  2  va  undan  ortiq  farzandini  tarbiyalayotgan,  qarindoshlaridan  alohida

yashayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;

  ota-onalaridan  biri  yoki  har  ikkisi  ham  I  yoki  II  guruh  nogironi  bo‘lgan

ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

Tavsiyanoma  olish  uchun  tuman  (shahar)  mahalla  va  oilani  qo‘llabquvvatlash bo‘limlariga elektron shaklda murojaat qilinadi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining  2019-yil  7-martdagi  “Xotinqizlarning  mehnat  huquqlari  kafolatlarini  yanada  kuchaytirish  va tadbirkorlik  faoliyatini  qo‘llab-quvvatlashga  oid  chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  PQ-4235-son  qaroriga  ko‘ra,  Ayollarning  pensiya  yoshiga to‘lganligi  yoki  yoshga  doir  davlat  pensiyasini  olish  huquqi  vujudga  kelganligi sababli  nomuayyan  muddatli  mehnat  shartnomasini  60  yoshga  to‘lgunga  qadar yoki  muddatli  mehnat  shartnomasini  muddati  tugagunga  qadar  ish  beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish taqiqlanadi.
  2. O‘zbekiston Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  136-moddasiga asosan,  Ayolni  erga  tegishga  yoki  nikohda  yashashni  davom  ettirishga  majbur qilish  yoxud  ayolning  erkiga  xilof  ravishda  u  bilan  nikohda  bo‘lish  uchun o‘g‘rilash,  shuningdek,  ayolning  erga  tegishiga  to‘sqinlik  qilish  3  yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
  3. O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining  2021-yil  5-martdagi  “Xotinqizlarni  qo‘llab-quvvatlash,  ularning  jamiyat  hayotidagi  faol  ishtirokini

ta’minlash  tizimini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi PQ-5020-son  qaroriga  ko‘ra,  Xotin-qizlarga  tadbirkorlikni  yo‘lga  qo‘yish  uchun Xotin-qizlarni  qo‘llab-quvvatlash  davlat  maqsadli  jamg‘armasi  hisobidan  3 yilgacha  va  6  oygacha  imtiyozli  davr  bilan  yillik  14  foiz  stavkada  33  million so‘mgacha  kreditlar  ajratiladi.  Kreditlar  quyidagi  dasturlarni  muvaffaqiyatli tugatgan xotin-qizlarga beriladi:

Tadbirkorlikni  rivojlantirish  agentligi va  Biznes va  tadbirkorlik oliy  maktabi ma’qullangan dasturlar asosidagi o‘quv kurslari;

“Ishga  marhamat”  monomarkazlari,  kasb-hunarga  o‘qitish  markazlari, mahallalardagi  kasb-hunarga  o‘qitish  maskanlari  va  Xotin-qizlar  tadbirkorlik markazlari  yoki  nodavlat  ta’lim  muassasalarining  kasbga  o‘rgatish  o‘quv kurslarining maxsus o‘qitish dasturlari.

  1. Vazirlar Mahkamasining  2021-yil  9-avgustdagi  ““AZIZ-AYOL.UZ” yagona  interaktiv  milliy  platformasini  joriy  etish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi 507-son  qaroriga  ko‘ra,  “Aziz-ayol.uz”  yagona  interaktiv  milliy  platformasi doirasida  davlat  organlari  va  tashkilotlarining  o‘zaro  elektron  hamkorligi  tartibi Asaka tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti to‘g‘risidagi  nizom  tasdiqlandi.  Nizom  bilan  “Aziz-ayol.uz”  yagona  interaktiv milliy platformasining asosiy vazifalari belgilandi.

Milliy platforma orqali, jumladan:

  vazirlik  va  idoralardan  xotin-qizlar  bilan  bog‘liq  ma’lumotlar  tezkor yig‘ilishi va real vaqt rejimida tahlil qilinishi ta’minlanadi;

  “Ayollar  daftari”ga  kiritilgan  xotin-qizlarni  kasb-hunarga  o‘rgatish,  ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etishga yordam beriladi;

  xotin-qizlarning  o‘z  huquqlari  ta’minlanishi  bo‘yicha  murojaat  qilishlari uchun yagona qulayliklar yaratiladi.

  Mahalla  va  oilani  qo‘llab-quvvatlash  vazirligi  Milliy  platformaning  uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.

  Davlat organlari va tashkilotlari Milliy platformaga jamlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni vazirlik so‘roviga asosan taqdim etadi.

Qarorga  ko‘ra  shuningdek, 1146  qisqa  raqamli  “ishonch  telefoni”ga  tazyiq va  zo‘ravonlikdan  jabr  ko‘rgan  xotin-qizlar  bilan  muloqot  qilish  va  shoshilinch ruhiy,  psixoterapevtik,  huquqiy  yordam  ko‘rsatish,  maslahat  berish  va  axborot taqdim  etish  masalalari  bo‘yicha  kelib  tushgan  murojaatlarga  24 soat  ichida  tezkor

munosabat bildirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zbekiston  Respublikasida  ayollarni  har  taraflama  himoya  qilish,  ularga barcha  sohalarda  keng  imkoniyatlar  yaratib  berish,  gender  tengligini  ta’minlash borasida  keng  qamrovli  islohotlar  amalga  oshirilayotganini  yuqorida  keltirilgan ma’lumotlardan ham bilishimiz mumkin.

  1. Mavlonov,

Izboskan tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi rahbari.

Улашинг: