O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga ko‘ra, Mehnat sohasidagi davlat boshqaruvi. Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini tekshirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan. Bundan tashqari, aynan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Mehnat Kodeksidan tashqari bir nechta normativ xujjatlarda xodimlarning mehnati muhofazasi yuzasidan vakolatlar berilgan. Natijada mazkur vazirlik mehnat qiluvchining eng ishongan vazirligiga aylanib ulgurgan. Vazirlik ish beruvchilarni Mehnat Kodeksini o‘rganishga o‘rgatibgina qolmay xodimlarning huquqlarini ta’minlashga erishib kelmoqda.
Biroq, aholining mehnat kafolatlarini ta’minlovchi organ tomonidan xodimlarning buzilgan huquqlari tiklab berish o‘rniga aynan ular tomonidan Mehnat Kodeksining talablari buzilishi juda achinarli hol lekin afsuski, aynan bandlik bo‘limi tomonidan o‘zining xodimlarini huquqlari buzilib kelmoqda.
Xususan, Xonobod shahar adliya bo‘limiga fuqaro D.Maxsutaliyeva va M.Naymanovalar murojaat qilib, 2021 yilning avgust va oktyabr oylarida xomiladorlik va to‘g‘ruq ta’tiliga chiqgan bo‘lishiga qaramay Xonobod shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan xodimlarga homiladorlik va tug‘ish ta’tili davri uchun to‘lab berilishi kerak bo‘lgan pul to‘lanmay kelayotganligidan qilgan shikoyati o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida aniqlanishicha, xodimlar biri 2019 yilda ikkinchisi 2020 yilda Xonobod shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga ishga qabub qilingan. Xar ikki xodim belgilangan talablarga asosan xomiladorlik va tug‘ruq ta’tiliga chiqarilgan, biroq bo‘lim tomonidan xodimlarga berilishi lozim bo‘lgan xisob kitoblarni amalga oshirish paysalga solib kelingan.
Natijada Mehnat Kodeksi, Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom, Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risidagi yo`riqnoma talablari buzilgan.
Fuqarolarning buzilgan huquqlari yuzasidan Xonobod shahar adliya bo‘limi tomonidan amalga oshirgan ishlari natijasida mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan xodimga nisbatan intizomiy chora ko‘rildi. Shuningdek, xodimlarga to‘lab berilishi lozim bo‘lgan pullar sud tartibida undirib berildi.
Xonobod shahar adliya bo‘limi