KORXONA VA TASHKILOT RAHBARLARI HAMDA HISOBCHILARI
DIQQATIGA !!!
2023-yil yanvar-oktabr oylari yakuni oyi bo‘yicha quydagi davlat statistika hisobotlarini xato va kamchiliklarsiz belgilangan muddatdan kechiktirmay hisobot.stat.uz sayti orqali eStat-4.0 dasturidan foydalangan holda elektron shaklda taqdim etishingizni so‘raymiz:
1. Paxta xomashyosini tayyorlovchi tashkilotlar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statiska qo‘mitasining 2022-yil
16-noyabrdagi 23-mb son qaroriga 28-ilovasi bilan tasdiqlangan “Paxta xom-ashyosini tayyorlash to‘g‘risida”gi “3-paxta shakli” yilda 3 marta 1-noyabr holatiga hisobotini 5-noytabr sanasidan kechiktirmay.
2. Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan tashqari), tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari va notijorat tashkilotlar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statiska qo‘mitasining 2022-yil
16-noyabrdagi 23-mb son qaroriga 98-son ilovasi bilan tasdiqlangan “Tashkilot faoliyati to‘g‘risida”gi “12-korxona shakli” oylik hisobotini 5-noyabr sanasidan kechiktirmay.
3. Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxona va mikrofirmalar, fermer xo‘jaliklari, banklar, sug‘urta tashkilotlaridan tashqari), tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statiska qo‘mitasining 2022-yil
16-noyabrdagi 23-mb son qaroriga 94-ilovasi bilan tasdiqlangan “Tashkilotning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida”gi” “12-moliya shakli” oylik hisobotini 18-noyabr sanasidan kechiktirmay.
Shuningdek, mansabdor shaxslarning davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur bo‘lgan hisobot va boshqa ma‘lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot ma‘lumotlarini buzib ko‘rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi O‘zbekiston Respublikasi Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-moddasida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.
Murojaat uchun telefon raqamlari: +998911724228
Izboskan tumani statistika bo‘limi