Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

Ism – inson hayotidagi birinchi ne’mat

Ism – inson hayotidagi birinchi ne’mat

Har bir inson dunyoga kelgach, avvalo ism oladi. Ism – bu shunchaki chaqiriq emas, balki ota-onaning farzandiga bergan eng muqaddas tuhfasidir. Ism orqali ota-ona o‘z niyatini, orzu-umidini bildirib qo‘yadi. Shu bois qadimdan “chiroyli ism – chiroyli taqdir” degan gap yuradi.

O‘zbek xalqida ism tanlash alohida e’tibor bilan amalga oshirilgan. Farzandga ism qo‘yishda katta bobolar, oqila onalar maslahatlari tinglangan. Chunki ism – bolaning butun umriga hamroh bo‘ladi, uning ruhiyati va ijtimoiy hayotiga ham ta’sir ko‘rsatadi, deb ishonilgan.

Masalan, “Rustam” – kuch-quvvat timsoli “Saodat” – baxt, saodat ramzi.

Bugungi kunda ota-onalar ismlarni ikki xil yo‘nalishda tanlayapti. Bir tomondan, qadimiy, islomiy, milliy ismlar  avloddan-avlodga o‘tmoqda. Ikkinchi tomondan esa – zamonaviy, xalqaro tusga ega ismlar ko‘paymoqda.

Ism tanlashda odatda uning ma’nosiga, talaffuziga, milliy urf-odatlarga va kelajakda qulay ishlatilishiga qaraladi. Bugungi kunda ota-onalar bolalarining ismlari xorijiy tillarda ham chiroyli eshitilishini xohlashmoqda.

Olimlar ham ismlar odam xarakteriga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlashadi. Chiroyli ism insonda o‘ziga ishonch uyg‘otadi, jamiyatda munosib o‘rin egallashiga yordam beradi. Shu bois ota-onaning ism tanlashi – farzand tarbiyasining muhim qismidir.

Ism – bu insonning eng yaqin hamrohi. U tug‘ilgandan to umrining oxirigacha birga bo‘ladi. Shuning uchun har bir ismni qadrlash, uning tarixiy ildizlarini, ma’nosini esdan chiqarmaslik kerak. Ota-onalar farzandlariga ism tanlarkan, avvalo mazmuniga, keyin esa uning kelajak hayotdagi ahamiyatiga e’tibor qaratishlari zarur.

Ism – bu faqat so‘z emas. Ism – bu hayot yo‘ldoshi, insonlik ramzi va milliy qadriyatimizning bir bo‘lagi.

Y.KOMILOVA,

IZBOSKAN TUMAN FHDY BO’LIMI  MUDIRASI.

Улашинг: