Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

«BIZ HAMMAMIZ BOSHQACHAMIZ AMMO BARCHAMIZ TENGMIZ»

Tumanimizda har shanba kuni Maktabgacha Ta’lim Tashkilotlari uslubchilari ishtirokida «O’quv seminar»lari tashkil etilmoqda. Kuni kecha tumanimizdagi 41-Davlat Maktabgacha Ta’lim tashkilotida «Biz hammamiz boshqachamiz ammo barchamiz tengmiz» shiori ostida o’quv seminari bo’lib o’tdi.

Bunda O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha Ta’lim Vazirligining 6 ta kitobdan iborat jamlanmasi haqida fikr- munozara olib borildi. Seminarda ustozlarimiz 40- DMTT uslubchisi Yodgoroy Qodirova, 28-DMTT uslubchisi Maxfuzaxon Ertoyeva, 25-DMTT uslubchisi Yoqutoy Xalilovalar o’zlarining bilimlari bilan o’rtoqlashdilar. O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha Ta’lim Vazirligining ushbu kitoblari barcha DMTT larga bepul tarqatildi. Bular:

  • «Maktabgacha Ta’lim Tashkilotlarida o’quv dasturlarini ishlab chiqish».
  • 2-«O’quv jarayonini shaxsga yo’naltirilgan yondashuv asosida rejalashtirish».
  • 3-«O’yin orqali ta’lim olish».
  • 4-«Maktabgacha ta’limda ta’lim jarayonini individuallashtirish. Alohida ehtiyojli bolalar inklyuziyasi».
  • 5-«Oilalar va mahalliy jamoatchilik bilan hamkorlik»; 6-«Kuzatish va baholash» kabilardir. O’quv seminari juda qizg’in, bahs va munozaraga boy o’tdi.

Dilnavoz NURITDINOVA,  43-DMTT uslubchisi.

Улашинг: