Boshlang’ich ta’lim bilimlarning poydevori hisoblanadi. Fundament mustahkam bo’lsa bino ham mustahkam bo’lganidek, boshlang’ich sinfda olingan bilim toshga o’yilgan naqsh kabi bo’ladi. Shu o’rinda boshlang’ich sinf o’qituvchilariga bu borada mas’uliyat yuqori. Jajji bolaga harf tanitib, o’qish va yozishga o’rgatish o’qituvchidan sabr-toqat va matonatni talab etadi. Tumanimizda 50 ta umumta’lim maktablari bo’lsa shular orasida 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi tumandagi yetakchi maktablardan biri sanaladi. Maktabda 23 ta boshlang’ich sinf bo’lib,800 dan ortiq o’quvchilarga 24 nafar tajribali o’qituvchi ta’lim va tarbiya berib kelmoqda.
Boshlang’ich sinflar uslub birlashmasi o’quv yili boshida tasdiqlangan reja asosida belgilangan vazifalarni tizimli amalga oshirib kelmoqda.
Mana bir yildan ortiq vaqt oralig’ida mamlakatimizda pandemiya sharoitida ish olib borilmoqda. Bu og’ir kunlar ta’lim sohasiga ham o’z ta’sirini o’tkazmay qolmadi. Lekin o’z fanining fidoiylari bo’lgan o’qituvchilar sinovli kunlarda ham o’z ishlariga ijodiy yondashdilar. Onlayn darslar tashkil etishib har bir o’quvchini darslarga jalb qilib oldilar. Bu o’zining ijobiy natijasini bermoqda.
May oyi o’quv yilining oxiri bo’lishiga qaramay maktabimizda belgilangan tadbirlar o’tkazilib kelinmoqda. May oyi ta’limda “Jismoniy tarbiya fan oyligi” deb belgilangan bo’lsa, shu oyda katta bayram —“Xotira va qadrlash kuni” keng nishonlandi. Fan oyligi doirasida 2-«G» va 2-«Y» sinf o’quvchilari o’rtasida “Quvnoq startlar” musobaqasini kasbdoshim, jismoniy madaniyat o’qituvchisi Mahliyo Abdurazzoqova bilan tashkil etdik.
4-«A» rus sinfi va 1-«G» hamda 1-«Y» o’zbek sinflarida “Xotira abadiy-qadr muqaddas” mavzusida tadbir , shuningdek tasviriy san’at o’qituvchisi Mirzaliyeva Muharram tomonidan rasmlar tanlovi tashkil etildi.
Bu tadbirlar o’quvchilar o’rtasida do’stlikni mustahkamlash bilan birgaona Vatanni sevish, xalqimizga muhabbat. milliyligimizni ardoqlash, kattalarga hurmat, ma’naviyatimizga sodiqlik, urf-odatlarimizda sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim omil bo’ladi.
Qo’ziyeva Surayyo,
2-umumiy o’rta ta’lim maktabi jismoniy madaniyat fani o’qituvchisi.