Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

Is gazidan ogox bo’ling

            

Kuz-qish mavsumida aholi orasida is gazidan  zaharlanish, gazdan chaqnash oqibatida portlash va yong`inlar kelib chiqishi kabi favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, tegishli FVDT xizmatlari bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29 aprel kuni tasdiqlangan 207 F Farmoyishiga asosan joylarda profilaktika ishlari olib borilishi yo’lga qo’yilgan.

Hurmatli fuqarolar, ma’lumki qish mavsumida havo haroratining keskin pasayib ketishi bilan fuqarolarimiz tomonidan xonadonlarni isitish maqsadida turli hildagi yoqilg`i mahsulotlari, har hil turdagi isitish va gaz uskunalaridan foydalanishga bo’lgan ehtiyoj kundan kunga oshib bormoqda.

Bu esa o’z navbatida yong`in va texnika xavfsizligi qoidalari talablarining buzilishi natijasida xonadonlarda tabiiy gaz va havo aralashmasining chaqnashiga, fuqarolarning is gazlaridan zaharlanib qolish ehtimolining oshishiga olib kelmoqda.

Afsuski joylarda olib borilayotgan tushuntirish va targ`ibot tadbirlariga qaramasdan aholi orasida tabiiy va is gazlaridan zaharlanish, turli hil tan jarohatlari olish bilan bog`liq noxush holatlar uchramoqda.

Bunday holatlarni oldini olish uchun esa quyidagi oddiy qoidalarga qat’iy amal qilish zarur:

-isitish mavsumi boshlanishi oldidan pechlar, qozonxonalar, suv isitish kolonkalarining sozligi, mo’rikonlarining tozaligini tekshirib chiqing;

-nosoz, nostandart, qo’lbola yasalgan isitish va gaz moslamalaridan foydalanishga aslo yo’l qo’ymang;

-bolalar va imkoniyati cheklangan kishilarni nazoratsiz qoldirmang;

-tabiiy gazdan foydalanishda turli hildagi rezina shlanglar, turli hil gaz so’rgichlardan foydalanmang;

-Agar xonaga tabiiy gazning to’lib qolganligini sezib qolsangiz gaz plitalari va isitish pechlarini gaz tarmog`idan o’chiring;

-darrov eshik va derazalarni ochib, xonani shamollating;

-xonada elektr jihozlarini yoqmang, yoniq bo’lsa o’chirmang, chunki bu yong`in yoki gaz va havo aralashmasining chaqnashiga sabab bo’lishi mumkin;

-agar gaz chiqayotgan joyni o’zingiz aniqlay olmasangiz, 104 telefoni orqali shahar va tuman gazlashtirish idoralari avariya ta’mirlash guruhlariga qo’ng`iroq qiling.

Aziz fuqarolar yuqoridagi qoidalariga rioya qilish orqali o’zingiz va yaqinlaringiz hayotini, mol-mulkingizni Favqulodda vaziyatlardan va noxush holatlardan asrab qolasiz.

 

U.M.Xakimov,

Izboskan tumani FVB boshlig’i

o’rinbosari. Kapitan

 

 

 

Улашинг: