Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘LIMI OGOHLANTIRADI!

Bugungi kunda yongin xavfsizligi qoidalariga amal qilish har bir fuqarolarimizning unitib bo’lmaydigan vazifalari qatoriga kiradi.
Ch0unki xonadonimiz tinchligi bu mahalla va Vatan  tinchligi demakdir.  Hozirigi kunda yongin xavfsizligi xizmati xodimlari viloyatimiz va  tumanimizning barcha MFYlariga biriktirilib xodimlarimiz  tomonidan aholi yashash xonadonlarida yongin xavfsizlik holatlarini mustahkam muhofaza qilib, kelib chiqish mumkin bo’lgan yonginlarning oldini olish va unga yo’l qo’ymaslik bo’yicha  keng ko’lamda tushuntirish  ishlari olib borilmoqda.

Shunga qaramasdan ayrim fuqorolarimiz tomonidan oddiy yongin xavfsizligi qoidalarini bilmasliklari yoki  unga amal qilmaslik, yoxud mas’uliyatsizlik   natijasida xonadonlarimizda yonginlar sodir bo’lmoqda.

Tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan tumanda sodir bo‘layotgan yong‘inlar va ularning kelib chiqish sabablari to‘g‘risida taqdim etilayotgan ushbu ma’lumotlardan xabardor bo‘lish va har bir inson o’zi uchun xulosa chiqarib olishi hamda atrofdagilarni ham ogohlantirishi foydadan holi bo‘lmaydi.

Favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarni oldini olish borasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlarga qaramasdan ayrim fuqarolarimiz tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalari amal qilmasliklari yoxud mas’uliyatsizliklari natijasida aholi yashash xonadonlarida yong‘inlar sodir bo’lmoqda.

Misol uchun: Joriy yilning sentyabr oyi mobaynida tuman hududidagi quyidagi manzillarda yong‘inlar sodir bo‘lgan.

18 sentyabr kuni Amir Temur MFY Obi hayot ko‘chasi 39-uyda yashovchi A.SHning xonadonida elektr simining qisqa tutushuvi natijasida yong‘in kelib chiqib, 3 mln. 430 ming so‘m moddiy zarar ko‘rilgan.

19 sentyabr kuni Qashqarlik MFY San’at ko‘chasi 9-uyda yashovchi K.Aning xonadonida elektr simining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in kelib chiqib, 30 mln. 240 ming besh yuz so‘m moddiy zarar ko‘rgan.

Ko‘p yillik mehnat orqali topilgan boyligimizni, xonadonimiz  va  farzandlarimizni salomatligini,  tinchligini, barkaror saqlashda   beparvo bo‘lmaylik.

 

S.Boltaboev

Izboskan tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi

Inspektori.  Katta leytenant

 

 

Улашинг: