O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil
11 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 715-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Andijon viloyatida 2021 yil 12-18 noyabr kunlari professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari o‘tkazildi.
Test sinovlari jami 9 ta tuman va shaharlarda 10 binoda takshillashtirildi. Jumladan; Andijon shahrida, Andijon davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti sport zali hamda Andijon suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi sport zalida, Qo‘rg‘ontepa tumanida, Qo‘rg‘ontepa tuman 1-son kasb-hunar maktabida, Asaka tumanida, Asaka transport va xizmat ko‘rsatish texnikumida, Baliqchi tumanida, Baliqchi tibbiyot kollejida, Buloqboshi tumanida, Buloqboshi pedagogika kollejida, Paxtaobod tumanida, Paxtaobod Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida, Shahrixon tumanida, Shahrixon agrotexnologiyalar texnikumida, Bo‘ston tumanida, Bo‘ston tuman kasb-hunar maktabida hamda Xo‘jaobod tumanida, Xo‘jaobod pedagogika kolleji binolarida o‘tkzildi.
Test sinovlarida jami 20653 nafar abiturient ishtirok etishi belgilangan bo‘lib, shundan 14499 nafar abiturient test sinovlarida ishtirok etdi, 6154 nafar abiturient noma’lum sabablarga ko‘ra test sinovlarida qatnashmadilar, 4 nafar nafar abiturient test sinovlari o‘tkaziladigan binolarga kirishda, taqiqlangan vosita olib kirishga uringanliklari uchun chetlashtirildilar.
Test jarayonida xolislik va shaffoflikni ta’minlash uchun 49 ta guruhda jami 68 ta videokuzatuv kameralari orqali doimiy videokuzatuv o‘rnatildi, 3 ta binoda 5 ta shaxsni identifikatsiyalash vositalari orqali abiturientlar ob’ektlarga kiritildi, onlayn rejimda 7 ta kameralari orqali test2021.uz sayti orqali 24 soat mobaynida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.
Test sinovlari o‘tkazilgan barcha binolarda tibbiyot xodimlari va hududda tez yordam avtomobillarining navbatchiligi tashkil kilindi. Hududga kirish joylarida tibbiyot punktlari tashkil qilindi. Tibbiyot punktlarida SEOM hodimlari tomonidan test sinovlari ishtirokchilarining tana xarorati o‘lchanib, antiseptik vositalar bilan zararsizlantirilgan holda hududga kiritildi hamda har kuni binolarda dezinfeksiya ishlari olib borildi.
Test sinovlari jarayonlarida abiturientlarni tekshirib kiritish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, yo‘l harakati hamda jamoat tartibini saqlash uchun huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari jalb etildi.
Test sinovlari Nizom talablari asosida, ochiq, shaffof va adolat mezonlari asosida o‘tkazildi. Jarayonlar davomida ko‘ngilsiz holatlar kuzatilmadi.
Qarorda belgilangan vazifalarning ijrosini to‘liq bajarish maqsadida Davlat test markazi tomonidan test sinovlari o‘tkazilgan kunning ertasiga test sinovlarida to‘plagan ballarini https://ruxsatnoma.dtm.uz/ sayti orqali har bir abiturient pasport seriya va JShShIR (PNFL) raqamini kiritgan holda bilib olish imkoniyati yaratildi.
R. Azimov
DTMning Andijon viloyati bo’limi boh mutaxassisi