Maktablar va bog’chalarga ham Yuridik xizmat ko’rsatish markazlari tomonidan xizmat ko’rsatiladi.
“Yuridik xizmat ko’rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Prezident qarori (PQ–173-son, 18.03.2022-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-avgustdan bosqichma-bosqich Yuridik xizmat ko’rsatish markazlari (Markazlar) tomonidan tuman darajasidagi quyidagi idoralarga yuridik xizmat ko’rsatiladi:
▫️ mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash bo’limi;
▫️ qishloq xo’jaligi bo’limi;
▫️ turizm va madaniy meros bo’limi;
▫️ sportni rivojlantirish bo’limi;
▫️ oila va xotin-qizlar bo’limi;
▫️ davlat soliq inspeksiyasi;
▫️ aholi bandligiga ko’maklashish markazi;
▫️ davlat umumiy o’rta ta’lim maktablari;
▫️ davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
▫️ davlat ko’p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar.
2022-yil 1-maygacha “E-huquqshunos” elektron tizimini texnik jihatdan qo’llab-quvvatlash va maslahatlar berib borish maqsadida “call-markaz” tashkil qilinadi.
2022-yil 1-dekabrgacha viloyat darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari hamda hokimliklarga Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko’rsatilishini yo’lga qo’yish bo’yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Paxtaobod tuman yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi bosh yuriskonsulti: R.Mirzaev.