Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

Ayolni homiladorligi yoki shaxsni yosh bolani parvarish qilayotganligini bila turib, uni ishga olishdan g‘ayriqonuniy ravishda bosh tortish jinoyat hisoblanadi

Bugungi kunda mamlakatimizda ayollarga keng imkoniyatlar berilayotgan bir paytda afsuski,  ba’zi tashkilot rahbarlari Ayolni homiladorligi yoki  yosh bolani parvarish qilayotganligini bila turib, uni ishga olishdan g‘ayriqonuniy ravishda bosh tortish  xattoki ishdan bo‘shatish hollari ham uchramoqda. Bu albatta qonunchilikka zid hisoblanadi. Chunki, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 6-moddasida  Barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo‘lishi va ulardan foydalanishda teng imkoniyatlarga ega ekanligi, Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqeyi, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik qobiliyatlariga va ular mehnatining natijalariga aloqador bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida har qanday cheklashlarga yoki imtiyozlar belgilashga yo‘l qo‘yilmasligi va bular kamsitish deb hisoblanishi belgilangan. Bundan tashqari “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 21 moddasida ham Mehnat munosabatlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 148-moddasiga ko‘ra, ayolni homiladorligi yoki shaxsni yosh bolani parvarish qilayotganligini bila turib, uni ishga olishdan g‘ayriqonuniy ravishda bosh tortish yoki ishdan bo‘shatish, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi qayd etib o‘tilgan. Bu esa, har bir tashkilot rahbarlaridan alohida e’tiborni va ma’suliyatni talab qilgan holda, ayollarning huquq va erkinliklari ta’minlanishi va ro‘yobga chiqarilishi mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohatlarning bir qismi ekanligini tushunish kerakligini anglatadi.

P.M. Ismonaliyev,

Xonobod shahar davlat organlari va tashkilotlarga

 yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti      

 

Улашинг: