Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

Somon poyalarini yoqmang

Andijon viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi  aholi va fermerlardan somon poyalarini yoqmaslikni so‘radi

  1.  Andijon viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi  yig‘im-terim mavsumi boshlanishi munosabati bilan respublikaning barcha fermer, korxona, tashkilot rahbarlari va aholisiga murojaat yo‘lladi.

Qayd etilishicha, mamlakatda 2022-yil g‘alla o‘rim yig‘imi mavsumi boshlanishi munosabati bilan g‘alladan bo‘shagan maydonlarda somonpoya qoldiqlarini yig‘ishtirib olish, ularni yoqib yuborish holatlarini bartaraf etish kerak bo‘ladi. Shu sababdan barcha xo‘jalik hududlarida yetishtirilgan boshoqli don mahsulotlari o‘rib, yig‘ib olingandan so‘ng dalalarda somonpoya qoldiqlarini yig‘ishtirib olish va ushbu hududlarda yong‘in sodir bo‘lishi kabi holatlarning oldini olish bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rish talab etiladi.

Somonpoya qoldiqlari yonishi natijasida atmosferaga uglerod oksidi, azot oksidi, azot ikki oksidi, oltingugurt oksidi kabi inson sog‘lig‘i uchun zararli bo‘lgan zaharli moddalar ajralib chiqadi. Somon poyalari va ularning qoldiqlari yoqilgan hududlarda yer unumdorligining keskin pasayishi, tuproq strukturasining buzilishi hamda yong‘in natijasidagi yuqori harorat tufayli makro va mikroelementlarning yo‘q bo‘lib ketishi oqibatida ekin yerlarining ball boniteti keskin pasayadi.

Somon poyalari va ularning qoldiqlarining yoqilish holatiga yo‘l qo‘ygan huquqbuzarlarga va yer egalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi (atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik) 3-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha (3 million so‘m) bo‘lgan miqdorda ma’muriy jarimalar qo‘llaniladi. Yong‘in sodir bo‘lgan g‘alla ekin maydonlarning har bir gektariga yetkazilgan zarar bo‘yicha amaldagi tartib asosida iqtisodiy choralar belgilanadi.

Avvalroq Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi “buxanka” nonning narxi oshganiga munosabat bildirgani, O‘zbekistonda un va don mahsulotlari narxining o‘sishi va taqchilligining oldini olish bo‘yicha shtab tashkil etilishi, mutaxassis O‘zbekistonda don mahsulotlari taqchilligi kuzatilayotgani haqidagi mish-mishlarga javob bergani haqida xabar berilgandi

Imomnazar Umarov,

Izboskan tuman Ekologiya va atrof-muhitmi muhofaza qilish bo’limi bosh mutaxassisi

Улашинг: