Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

O’zbekiston bo’ylab sayohat qil

 

Bugungi kunda yurtboshimiz tomonidan qator sohalarda islohatlar amalga oshirilmoqdaki, ushbu islohatlarning tub ma’nosi fuqarolarni turmushuni yanada yaxshilashga qaratilmoqda.

Shunga ko‘ra,  Respublika iqtisodiyotida turizmni strategik darajaga ko‘tarish, ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish va hajmini keskin ko‘paytirish, fuqarolarni mamlakatimizning turizm salohiyati bilan tanishtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, taqdim etilayotgan turizm xizmatlari sifatini yaxshilash va jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, zamonaviy xizmatlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish, shuningdek, aholini ish bilan ta’minlash va ularning daromad manbaini kengaytirish maqsadida 30.04.2022 yilda O‘zbekiston Respulikasi Prezidentining “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”Qarori imzolandi.

Mazkur qarorga ko‘ra, 2022-yil 1-iyundan boshlab “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida jamoa shartnomalariga ish beruvchilar tomonidan xodimlar uchun yiliga bir marotaba mahalliy sayohatga chiqish imkonini yaratish qoidalari kiritiladi, sayohat xarajatlarining bir qismi ish beruvchilarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplab berilishi belgilab berildi.

Mazkur qarorning qabul qilinishi ichki turizmni rivojlantirish bilan  birga, fuqarolarni maroqli dam olishi, ko‘hna tariximiz bilan tanishish  imkonini beradi.

P. Ismonaliyev,     Xonobod shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Улашинг: