Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

Fuqarolarning imtiyozli pensiya huquqi ta‘minlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 aprel kungi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g‘risida”gi PF-5415-sonli Farmoniga asosan inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, o‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tuman (shahar) adliya bo‘limlarining asosiy vazifalaridan biri etib qayd etilgan.

Mazkur vazifalarni bajarish borasida fuqaro A.ning Andijon viloyati FVBda yong‘in qutqaruv qismida qutqaruvchi vazifasida ishlab kelayotganligiligi uchun imtiyozli yoshga doir pensiya tayinlanmayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 12.03.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, “Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida” gi qarorining 35-bandida “ … imtiyozli pensiya ta’minotiga huquq beruvchi maxsus stajga qutqaruv xizmati qutqaruvchilari, qutqaruv xizmatlariga aniq bir dastur bo‘yicha tayyorlangan va o‘rnatilgan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilgan mehnat shartnomasi (kontrakti) bo‘yicha ishlayotgan ishchilarning professional qutqaruvchilari tuzilmalaridagi ish stajlari kiritiladi” deb belgilangan. Shuningdek, Fuqarolarning davlat pensiya ta‘minoti to‘g‘risidagi Qonunning
11-moddasiga ko‘ra yerosti ishlarida, mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan xodimlar (2-sonli ro‘yxat, I qism) : erkaklar — ish staji kamida 20 yil bo‘lib, bundan kamida 10 yili ko‘rsatib o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda; ayollar — ish staji kamida 15 yil bo‘lib, bundan kamida 7 yilu 6 oyi ko‘rsatib o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqi mavjaudligi belgilangan.

Fuqaro ish staji 20 yildan ortiqligi hamda 13 yildan buyon qutqaruvchi vazifasida ishlab kelayotganligini xisobga olib, tuman adliya bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudiga ariza kiritilib, fuqaroning imtiyozli pensiyaga chiqish huquqi ta‘minlandi.

 I.Xusanboyev,                          

Andijon tuman adliya bo‘limi

bosh maslahatchisi

 

Улашинг: