Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

 YER UCHASTKALARINI KOMPENSATSIYA EVAZIGA JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN OLIB QO‘YISH TARTIB-TAOMILLARI TO‘G‘RISIDA

                           O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

 Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 1-fevralda qabul qilingan

Senat tomonidan 2022-yil 28-mayda ma’qullangan.

Ushbu Qonunning maqsadi jismoniy va yuridik shaxslarga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini yoki ularning qismlarini (bundan buyon matnda yer uchastkasi deb yuritiladi) kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillarini belgilashdan iborat.

Ushbu Qonunning amal qilishi jismoniy va yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan, shuningdek davlat organlari va muassasalarining, korxonalarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining doimiy foydalanishida bo‘lgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

 Кompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi rejalashtirilgan yer uchastkasi, unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari (shu jumladan turar joylarning va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning holati, ularning joriy belgilangan maqsadi) to‘g‘risidagi, yer uchastkasini olib qo‘yish maqsadlari jamoat ehtiyojlari deb e’tirof etilgan maqsadlarga muvofiqligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni, shuningdek mazkur yer uchastkasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyiha hamda ishlarning tavsifini va ularni ro‘yobga chiqarish muddatlarini o‘z ichiga olgan hujjatlar;

yer uchastkasi — jismoniy va yuridik shaxslarga belgilangan tartibda tegishincha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijara huquqi asosida berilgan yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega bo‘lgan qismi, shu jumladan ko‘p kvartirali uylar joylashgan yer uchastkalari;

yer uchastkasining va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining huquq egasi (bundan buyon matnda huquq egasi deb yuritiladi) — huquqni belgilovchi hujjatlarga asosan yer uchastkasiga nisbatan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijara huquqiga hamda mazkur yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan mulk huquqiga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs;

yer uchastkasini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tashabbuskori (bundan buyon matnda tashabbuskor deb yuritiladi) — respublika davlat boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar yoki tumanlar (shaharlar) hokimliklari; kelishuv — tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyat, Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklari va huquq egasi o‘rtasida ularning roziligi bilan tuziladigan, notarial tartibda tasdiqlangan yozma shartnoma bo‘lib, unda kompensatsiyaning miqdori, turi va uni berish muddati nazarda tutiladi;kompensatsiya qilish — yer uchastkasi jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan huquq egasiga zararlarning o‘rnini ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda pul shaklida yoki boshqa shaklda qoplash;

ko‘chmas mulk obyekti — binolar, inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bog‘langan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga nomutanosib tarzda zarar yetkazmagan holda joyini o‘zgartirish mumkin bo‘lmagan obyektlar. Ushbu Qonun maqsadlarida yer osti boyliklari, shu jumladan foydali qazilmalar koni ko‘chmas mulk obyektlari jumlasiga kirmaydi.

        I.B.Sadikov,

Qo‘rg‘ontepa tumani yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Улашинг: