Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

O‘zbekiston Respublikasida huquq ustuvorligini ta’minlash  holatini  aniqlashning  samarali  mexanizmini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

O‘zbekiston Respublikasida huquq ustuvorligini ta’minlash  holatini  aniqlashning  samarali  mexanizmini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Mamlakatimizda inson huquqlarini ishonchli himoya qilish, odil sudlovga erishish darajasini oshirish va fuqarolik jamiyati institutlarining erkin faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni kamaytirish bo‘yicha izchil islohotlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, hududlarda huquq ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining ijrosini tashkil etish holatini o‘rganish, baholash va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha samarali mexanizmlarni yaratish lozim. Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hududlarda huquq ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash borasidagi mas’uliyatini kuchaytirish, tegishli xalqaro reyting va indekslarda mamlakatimizning o‘rnini yanada yaxshilash maqsadida, shuningdek 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:

  1. Oliy Majlis Senati, Adliya vazirligi va Oliy sudning respublika hududlarida huquq ustuvorligining ta’minlanganlik holatini reyting asosida baholovchi Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini (keyingi o‘rinlarda — Hududlarning huquq ustuvorligi indeksi) joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

Bunda, Hududlarning huquq ustuvorligi indeksi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlar va o‘tkaziladigan ijtimoiy so‘rovlar natijalari asosida aniqlanadi:

qonun hujjatlariga rioya qilinishi;

fuqarolar huquq va erkinliklarining ta’minlanishi;

odil sudlov va sud qarorlarining ijro etilishi;

huquq-tartibot o‘rnatilganligi va xavfsizlikning ta’minlanganligi;

mahalliy ijro organlari faoliyatining samarali nazorat qilinishi;

korrupsiyaga qarshi kurashishning samaradorligi;

hokimiyat institutlarining shaffofligi.

  1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:

Adliya vazirligi Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlashda ishtirok etuvchi mas’ul idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda Tizim operatori vazifasini bajaradi;

Adliya vazirligi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan birgalikda Hududlarning huquq ustuvorligi indeksida past natijalarga ega bo‘lgan subyektlarni aniqlaydi, tegishli indikatorlar bo‘yicha ko‘rsatkichlarni tahlil qiladi va ularning sabablarini o‘rganadi;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar va chora-tadbirlar ishlab chiqadi hamda ularni amalga oshirish choralarini ko‘radi.

Tizimni ishlab chiqish, ishga tushirish, texnik xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash hamda uning funksional imkoniyatlarini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish Adliya vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armalari va xalqaro tashkilotlarning grant mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

X.Mamataliev,

R.Jiyanov,

Qo‘rg‘ontepa tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsultlari                                                    .

Улашинг: