Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

Dars taqsimoti e’tiborda bo’lishi kerak

Dars taqsimoti masalasida nuimalarga e`tibor berish kerak

          Maktablarda dars taqsimotini olib borish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining    30.06.2020 yilda 3271-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qaroriga ilova sifatida qabul qilingan “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom   qoidalariga muvofiq taqsimlanadi.

Ushbu Nizomning 15-bandiga asosan Umumta’lim muassasalari tomonidan shakllantirilgan dars soatlari setkasi umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, har yili 15-sentabrga qadar o‘qituvchilarga dars soatlari quyidagi ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:

xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;

o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;

chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar);

TOP-1000 universitetlar reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan o‘qituvchilar;

asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;

o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblari;

respublika bosqichidagi ko‘rik tanlovlarda (yil o‘qituvchisi) sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar;

oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;

birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;

asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari;

ikkinchi malaka toifaga ega o‘qituvchilar;

pedagogik yo‘nalish bo‘yicha magistr darajasiga ega o‘qituvchilar;

belgilangan tartibda o‘z fanidan o‘tkazilgan nazariy va amaliy sinovlar natijasi bo‘yicha a’lo baholarga ega o‘qituvchilar;

oliy ma’lumotli toifasiz o‘qituvchilar;

qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchilar;

oliy ta’lim muassasalarining pedagogik yo‘nalish bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabalari;

pedagogik yo‘nalish bo‘yicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan o‘qituvchilar;

oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar o‘rta maxsus, professional ma’lumotga ega o‘qituvchilar;

oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlari.

Shuningdek, 16-bandga asosan Yuqoridagi ko‘rsatkichlar ketma-ketlik asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etiladi.

Maksimal dars soati olish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘qituvchining yozma roziligi bilan unga ajratilishi mumkin bo‘lgan dars soatlari boshqa o‘qituvchilarga berilishi mumkin.

O‘qituvchi mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan ko‘rsatkichlarning bir nechtasiga ega bo‘lganda, ko‘rsatkichlarning eng ustuvorini inobatga olgan holda dars soatlari taqsimlanadi.

Xonobod shahar yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                  P.Ismonaliyev

 

 

 

Улашинг: