Kompozit xizmat qanday ishlaydi?
Noturar ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha kompozit davlat xizmati joriy qilindi
Endilikda yuridik shaxslar o’rtasida noturar ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish, bu bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni rasmiylashtirish va huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar kompozit tarzda ko’rsatiladi. Yuridik shaxslar o‘rtasida noturar ko‘chmas mulkni butunligicha o‘tkazish bo‘yicha shartnomalar Davlat xizmatlari markazlari orqali tuziladi. Bir vaqtning o‘zida barcha jarayonlar amalga oshiriladi:
Tuzilgan shartnomalar avtomatik ravishda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yuboriladi. Shaxsni tasdiqlash oson va qulay Arizachilarni identifikatsiya qilish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etish talab qilinmaydi. Ushbu jarayon Face-ID tizimi orqali amalga oshiriladi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-noyabrdagi 795-sonli qarori
Xoshimova Gulchexraxon Mamasoliyevna,
Xonobod shahar Adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi