Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibini takomillashtirish to’g’risida

                 O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning

shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida       

        Talabgorlarga shaxsiy identifikatsiya raqami Personallashtirish agentligi tomonidan ma’lumotlarni to‘plash punktining talabnomasi asosida avtomatlashtirilgan tizim orqali shakllantiriladi va beriladi.

Shaxsiy identifikatsiya raqami:

Shaxsiy identifikatsiya raqami O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yoki doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet elda doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha bo‘lib turgan yoki o‘z faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet el fuqarolariga beriladi.

Shaxsiy identifikatsiya raqami berilganligi uchun to‘lov undirilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan barcha shaxslarga tug‘ilganlikni qayd etish jarayonida — qat’iy ravishda FHDY organlari tomonidan beriladi. Xorijiy davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga identifikatsiyalovchi ID-kartasi berilganda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha bo‘lib turgan yoki o‘z faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet el fuqarolariga — davlat xizmatlari markazlari tomonidan shaxsiy identifikatsiya raqami taqdim etiladi.

Xorijiy davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga identifikatsiyalovchi ID-kartasi berilganda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha bo‘lib turgan chet el fuqarolariga — ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan. fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjati rasmiylashtirilganda — ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan chet davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlarning chet ellik diplomatik xodimlari hamda ularning oila a’zolariga — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Personallashtirish agentligi qayta shakllantirilgan shaxsiy identifikatsiya raqami barcha manfaatdor davlat tashkilotlarining axborot tizimlariga yuborilishini ta’minlaydi.

Davlat tashkilotlari o‘zlarining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarida jismoniy shaxsga tegishli ma’lumotlar birlashtirilishi yoki muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi. Shaxsiy identifikatsiya raqamini olish bo‘yicha murojaat qilgan talabgorlar davlat organlari va tashkilotlari yoki ma’lumotlarni to‘plash punkti tomonidan shaxsiy identifikatsiya raqamini berishni rad etish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari hamda ma’lumotlarni to‘plash punkti mansabdor shaxslari xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

J. Xakimjonov,

Andijon tuman DXM bosh mutaxassisi

Улашинг: