Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

ShAHAR BEDARVOZA EMAS

ShAHAR BEDARVOZA EMAS

Shu yilning 4, 20 fevral kunlari boʻlib oʻtgan Xonobod shahar sudi sud majlislarida huquqbuzarlik qilganlar qilmishlariga yarasha jazolarini oldilar. O.P. transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmasa-da, 2025 yil 29 yanvar kuni boshqa fuqaroga tegishli boʻlgan “Sobalt” avtomashinasini boshqarib ketayotganida Xonobod shahar IIB YXHB xodimlari tomonidan toʻxtatilib, maxsus texnika vositasi-alkotester AlcoStop 8000 S apparati tekshiruvidan oʻtkazilganda mastligi aniqlangan.

O.P.ning mazkur huquqbuzarlikni sodir etganlikdagi aybi sudda bergan tushuntirishi va aybiga iqrorligi, ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma, alkotester tekshiruv qaydnomasi, xolis guvohlar koʻrsatmalari va boshqa ma’muriy huquqbuzarlik ishi boʻyicha toʻplangan va sudda qayta tekshirilgan boshqa maqbul dalillar yigʻindisi bilan toʻliq oʻz isbotini topdi.

Sud qaroriga koʻra O.P. Oʻzbekiston Respublikasi MJtK 131-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi va 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Undan Andijon viloyati IIB JXX va JTSB Maxsus qabulxonasida saqlangan har bir kuniga qamoqda saqlash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida pul undirilishi, ijroni ta’minlash Xonobod shahar IIB zimmasiga yuklatilganligi Qarorda koʻrsatilib oʻtildi.

Mazkur ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni sudda koʻrib chiqish jarayonida alkogolli ichimlikdan mast holdagi O.P.ga transport vositasini boshqarishni topshirgan M.T.ga holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi MJtK 131-moddasining 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, alohida ish yurituvga olinganligi aniqlandi.

****

K.M. muqaddam ham huquqbuzarlik sodir etgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan va 2.380.000 soʻm jarima jazosi tayinlangan. Biroq bundan oʻziga tegishli xulosa chiqarib olmagan.

Bir yil davomida takroran “Damas” avtomashinasida yoʻlovchi tashish faoliyati bilan lisenziyasiz shugʻullanayotgani Transport nazorati inspeksiyasining avtomobil transportida nazorati Andijon hududiy boʻlimi xodimlari tomonidan aniqlangan. Huquqbuzar sud majlisida aybiga iqror boʻlib, avval ham lisenziyasiz yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullangani uchun jarima jazosiga tortilgani, takroran lisenziya olmagan holda, “Damas” avtomashinasida yoʻlkira evaziga yoʻlovchi tashiyotganida Transport nazorati inspeksiyasi hududiy boʻlimi xodimlari tomonidan ushlanganini, keyin ushbu faoliyat bilan qonuniy shugʻullanish maqsadida oʻttiz kun ichida lisenziya rasmiylashtirib olgani haqida tushuntirish berib, qilmishidan pushaymonligini, oilaviy sharoitini, qaramogʻida voyaga etmagan farzandi borligini, moddiy ahvolini inobatga olgan holda engilroq jazo tayinlashni soʻradi.

Uning huquqbuzarlikni sodir etganlikdagi aybi, oʻz aybiga iqror boʻlib bergan tushuntirishidan tashqari, guvoh bayoni, ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma va unga ilova qilingan hujjatlar, ma’muriy talabnoma, ma’lumotnomalar hamda ma’muriy huquqbuzarlik ishi boʻyicha toʻplangan va sudda qayta tekshirilgan boshqa ob’ektiv dalillar yigʻindisi bilan toʻliq oʻz tasdigʻini topdi.

Sud qarori bilan K.M. ga Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 1763-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 7 (etti) baravari miqdorida, ya’ni 2.625.000 soʻm jarima jazosi tayinlandi.

Unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror boʻyicha oʻn besh kun ichida jarima miqdorining ellik foizini yoki oʻttiz kun ichida jarima miqdorining etmish foizini ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinishi tushuntirildi.

****

A.B. tegishli hujjatlarsiz, savdo doʻkonida alkogolli mahsulot hisoblangan jami 48 dona pivo ichimliklarini sotish orqali qonunga xilof ravishda muomalaga kiritayotganligi huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan aniqlanib, bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Sud majlisida u aybiga iqror boʻlib, sodir etgan huquqbuzarligining mohiyatini tushunib etgani haqida tushuntirish berib, qilmishidan chin koʻngildan pushaymonligini, oilaviy va moddiy ahvolini, qaramogʻida voyaga etmagan farzandlari borligini inobatga olgan holda engilroq jazo tayinlashni soʻradi.

Uning huquqbuzarligi aybiga iqrorligi, xolis guvohlar koʻrsatmalari, ashyolarni koʻzdan kechirish, olib qoʻyish va holatni hujjatlashtirish, huquqbuzarlik sodir etilganligi haqida bayonnomalar va boshqa dalillar orqali oʻz tasdigʻini topdi. Sud, huquqbuzarga jazo tayinlashda uning aybiga iqror, qilmishidan chin koʻngildan pushaymonligini, javobgarlikni engillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlarni baholab, Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 1861-moddasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 33-moddasi qoʻllanib, davlat foydasiga undiriladigan bazaviy hisoblash miqdorining 10 (oʻn) baravari miqdorida, ya’ni 3.750.000 soʻm jarima jazosi tayinladi.

Huquqbuzarga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror boʻyicha oʻn besh kun ichida jarima miqdorining ellik foizini yoki oʻttiz kun ichida jarima miqdorining etmish foizini ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinishi tushuntirildi.

Qissadan hissa shuki, shahar bedarvoza emas. Kimki qonunga hilof ish qilsa albatta oʻz jazosini oladi. Hech kim qilgan qilmishi uchun jazodan qutulaolmaydi.

Z.Toxtasinov,

Jinoyat ishlari boʻyicha Xonobod shahar sudining tergov sudyasi  

Улашинг: