Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

2025 YIL BIRINCHI CHORAK SARHISOBI

Izboskan tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 2025 yil

birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlarning sarhisobi  

Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasida, sudyalar jamoatchilikni har chorakda sudning faoliyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib borishi belgilangan. Shu munosabat bilan Izboskan tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 2025 yil birinchi choragi davomida odil sudlovni amalga oshirish, tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilishni lozim topildi.

Jumladan, Izboskan tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 2025 yilda birinchi choragida ko‘rilgan iqtisodiy ishlar soni 555 tani tashkil etadi. Ko‘rilgan iqtisodiy ishlarning 361 tasi fuqarolik huquqiy munosabatlarga oid, 106 tasi ma’muriy huquqiy munosabatlarga oid, 85 tasi tashkilot va fuqarolarning to‘lovga qobiliyatsizligiga oid, 1 tasi korporativ munosabatlarga oid, 2 tasi yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlashga oid iqtisodiy ishlarga to‘g‘ri kelmoqda.

Mazkur ko‘rilgan iqtisodiy ishlarning 430 tasi qanoatlantirilgan, 23 tasi rad etilgan, 65 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 5 tasi bo‘yicha esa ish yuritish tugatilgan, shundan 1 tasi kelishuvga erishilganligi sababli kelishuv bitimlari tasdiqlangan. Soddalashtirilgan tartibida esa 1 ta ishlar ko‘rilgan. Izboskan tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 2025 yilda birinchi choragi kommunal to‘lovlarni undirish yuzasidan yetkazib berilgan elektr energiyasi va sovuq suv bo‘yicha qarzdorliklarni undirish to‘g‘risida 59 ta ariza va da’vo arizalar qanoatlantirilgan holda 5 820 823 744 so‘m qarzdorliklarni undirish haqida sudning hal qiluv qarorlari qabul qilingan. Izboskan tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 2025 yil birinchi choragi davomida tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan 100 ta huquqiy ta’sir choralari qo‘llash bilan bog‘liq ishlar ko‘rilgan.

Xususan, faoliyatida soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlangan tadbirkorlik sub’ektlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash yuzasidan 3 ta ariza qanoatlantirilib, 33 mlrd 570 mln so‘mdan ziyod moliyaviy jarima qo‘llanilgan bo‘lsa, 1 tasi rad etilgan. Banklardagi hisobvaraqalar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish haqida 96 ta arizalar ko‘rilgan. To‘lovga qobiliyatsiz deb topish yuzasidan jami 85 ta shundan 1 tasi jismoniy shaxsni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish haqidagi arizalar ko‘rilib, 1 tasi qaytarilgan, 2 tasi qabul qilish rad etilgan, 82 ta tashkilotlar va fuqarolar iqtisodiy sudning hal qiluv qaroriga asosan to‘lovga qobiliyatsiz deb e’tirof etilib, tugatishga doir ish yuritilgan.

Izboskan tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 2025 yil birinchi choragida 19 ta huquqiy ta’sir choralari qo‘llash bo‘yicha xususiy ajrimlar chiqarilgan ya’ni aybdor shaxslarga nisbatan moddiy, intizomiy va boshqa sudning ta’sir choralari qo‘llanilgan.

Izboskan tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan ishlarni ko‘rish bilan bir qatorda yuridik va jismoniy shaxslardan kelgan murojaatlar ham o‘rganib chiqilgan. Sudga 2025 yil birinchi choragi davomida tashkil etilgan sayyor qabullarda 4 ta jismoniy va yuridik shaxslar iqtisodiy sud raisining shaxsiy qabulida bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasidan esa 1 ta murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlar bo‘yicha qonunda belgilangan muddatlarda huquqiy tushuntirish berish yo‘li bilan ijobiy hal etilgan.

Izboskan tumanlararo iqtisodiy sudiga 2025 yil birinchi choragida respublika budjetiga ixtiyoriy ravishda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 95 403 206 so‘m miqdorda davlat boji to‘lab da’vo arizalarini taqdim etishgan. Sud tomonidan esa davlat bojini undirish yuzasidan 1 012 797 970 so‘mlik ijro hujjatlari chiqarilib, ijro etish uchun tegishli Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo‘limlariga yuborilgan, asosiy qarzdorlikni undirish yuzasidan chiqarilgan ijro xujjatlarini undiruvchilarga yuborilgan. Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8,24-moddalariga asosan 94 ta ijro hujjatlari qaytarilgan bo‘lib, ijro organi tomonidan texnik xatolik bilan noto‘g‘ri qaytarilgan va ijro hujjatini tuzishda sudyalar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda bartaraf etilib, ijro hujjatlari qaytadan ijroga to‘liq elektron tarzda yuborildi va asossiz ravishda sud hujjatlarini ijrosini ta’minlamagan, sud hujjatini Qonunning 8,24-moddalariga asosan noto‘g‘ri qaytarganligi uchun o‘z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan Majburiy ijro byurosining aybdor davlat ijrochilariga nisbatan Majburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasiga taqdimnoma kiritilgan.

R.G.Askarov,

Izboskan tumanlararo iqtisodiy sudining raisi                                                                             

Улашинг: