Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

Volontyorlik faoliyatini ommalashtirishdan davlat manfaatdor

  

Volontyorlik faoliyati to’g’risida gap borganda ko’pchikda haqli savol tug’iladi. Volontyor kim? Volontoyorlik faoliyati bizga nima beradi?  Volontyorlik  deganda ko‘ngilli bo‘lib jamoat ishlarida beg’araz qatnashish nazarda tutiladi. Boshqacha aytganda, volontyorlar o‘zining shaxsiy manfaatidan tashqariga chiqib, jamiyatdagi muammolarni hal qilishga ko‘maklashadi. Volontyorlik odatda chet elda hususan Yevropa, Amerika qo’shma shtatlarda juda keng tarqalgan ommabop faoliyat turi hisoblanadi. Masalan Amerika qo’shma shtatlarini oladigan bolsak asosan talabalar, yoshlar darslardan keyin kambag‘allarga ovqat, kiyim-kechak tarqatish, atrof-muhit tozaligiga ko‘maklashish kabi ishlarni bajararishadi. Misol uchun, har hafta kambag‘allar uyiga borib, kiyim tarqatish, taom tayyorlash, tozalik ishlarini olib borishda yordamlashishadi.  Va o’z navbatida volontyorlik faoliyati turli hil jamoat fondlari, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan rag’batlantirib turiladi. Masalan  halqaro ta’lim grantlarini ajratishda talabgorning volontyorlik faoliyati inobatga olinadi. Ko’pgina nufuzli kompaniyalarda ham hodimning volontyorlik harakatlarida qatnashganligi shahsiy fazilatlari qatorida baholanadi va ishga qabul qilinishida inobatga olinadi.

Volontyorlikning foydali jihatlari juda ko’p bo’lib, birinchidan,mahalliy hamjihatlikni qaror toptiradi, odamlar orasida do‘stona munosabatlarni shakllantiradi. Ko‘ngilli bo‘lib jamoat ishlarida qatnashish boqimandalik kayfiyatini yo‘qotishga yordam beradi,  volontyorlik jamoatchilik nazorati tizimini mustahkam bo‘g‘inga aylantiroladi va albatta bundan jamiyat, davlat manfaatdor.

Umuman olganda O‘zbekistonda majburiy-ihtiyoriy volontyorlik asosan umumxalq bayramlarida hashar shaklida tashkil etilib kelingan. Volontyorlik faoliyatiti to’g’risida 04.12.2019 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Qonuni bilan ilk bor mamlakatimizda volontyor va volontyorlik faoliyatini fuqarolik huquqiy asoslari yaritildi. Qonunga ko’ra volontyorlik bu fuqarolar, ularning guruhlari yoki volontyorlik tashkilotlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab ixtiyoriy faoliyatni amalga oshirishdir deya ta’rif berilgan.

      11.04.2022 yilda   “Volontyorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 169 sonli Hukumat qarori bilan Davlat organlarining vazifalari va  funksiyalarini volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamli shaklda amalga oshirish tartibi to’g’risida namunaviy Nizom qabul qilinishi bu faoliyat turini rivojlantirish va ommalashtirishdan davlat mafaatdor ekanligining isbotidir.  Davlat organlarining vazifa va funksiyalarini volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamkor shaklda bajarish ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi  Ushbu qarorga ko’ra 2022 yil 1 iyundan O‘zbekiston yoshlar portali negizida yaratilgan volontyorlar elektron platformasi ishga tushiriladi     Voyaga yetgan, volontyor sifatida jalb etilayotgan tegishli soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega shaxslar davlat organlari faoliyatiga volontyor sifatida jalb etilishi mumkin.

Ta’lim oluvchilar ta’limdan tashqari vaqtlarda volontyorlar guruhi tarkibida volontyorlik faoliyatini amalga oshirishi mumkin.

       Quyidagi tuzilmalarga volontyorlarni jalb qilish mumkin emas:

— pul bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi;

— maxfiy ma’lumotlarni saqlovchi va ular bilan ishlovchi;

— inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan, bajarilishi alohida bilim va ko‘nikma talab etadigan vazifalarni amalga oshiruvchi sohalar

Hulosa o’rnida shuni aytish mumkinki  bugungi kunda mening nazarimda  davlatimiz, jamiyatimiz volontyorlarga, volontyorlik faoliyatiga nafaqat ijtimoiy sohalarga balki davlat organlari faoliyatni tashki etishda ham juda muhtoj.        Mamlakatimizda bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohatlarni samarasini ko’rish uchun avvalombor fuqarolarni huquqiy ongini oshirish, ulardagi jamiyatimiz va millatimiz harakteriga deyarli singib qolgan befarqlik, loqaydlik kabi illatlarni yo’qotish kerak. Ushbu illatlarga qarshi kurashishda aynan volontyorlik faoliyatini ommalashtirish orqali unumli foydalansa bo’ladi. Volontyorlarni davlat hizmatlariga jalb etishda avvalo, ular ijtimoiy muammolarni o‘rganib tahlil qilishni o‘rganishadi. Keyin esa jamiyatdagi kamchilig-u nuqsonlarga munosabat bildirish instinkti shakllanadi. Agar shunaqa kadrlar ko‘proq yetishtirilsa, volontyorlar tomonidan joylardagi muammolar aniqlanib, yuqori organlarga yetkazilsa, qanchadan-qancha masalalar ijobiy yechimini топган бўларди. Men ham jamiyatning bir bo‘lagi ekanman, deb o‘ylay boshlaydi, mustaqil fikrlashga chorlaydi, ijtimoiy, siyosiy  mas’uliyatni oshiradi. Hozirgi paytda yoshlar ko‘ngilli bo‘lib ma’lum joyda o‘z fuqarolik pozitsiyasini ko‘rsatishdan qochish kabi illatlardan yiroq bo’lishadi.

Gulmira Begmurodova,

Oltinko’l tuman yuridik hizmat ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti    

Internet materillari asosida tayyorlandi.

Улашинг: