Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

Ijod gulshani

Mehribon opalarim

Sizlar borki ko’nglim to’q
Bu dunyoda tengi yo’q
Qoshi qaro kamon o’q
Mehribon opalarim

Boshimda gir parvona
Sirdoshimdir yagona
Qizlar ichra birdona
Mehribon opalarim

Ko’nglim aylar doim chog’
Suyanguvchi ulkan tog’
Gullar o’sar gulchorbog’
Mehribon opalarim

Sizlarni bildim baxtim
Toj-u davlatim taxtim
Xizmatda turay ahdim
Mehribon opalarim

Tutasiz ikki qo’lim
Ravon bo’lsin deb yo’lim
Bog’da ochilgan gulim
Mehribon opalarim

Ona tilim
Tillar ichra sen yagona jarangdorsan ey, tilim
Tinglab sening har so’zingdan taskin topar bu dilim
Sening birla yashar erkin ozod har dam hur elim
Muqaddassan mening uchun hayotimda sen tilim

Har sohada o’zing ilg’or, o’zing tengsiz ijodkor
Og’riq dilga berar malham o’zing orom shifokor
Tarixingning o’chmas nurli varoqlari betakror
Muqaddassan mening uchun hayotimda sen tilim

Sen yagona farishtamsan osmondagi quyoshim
Baxtga sarmast quvonch to’la oqar ko’zdan ko’z yoshim
Aytar so’zim sabolardek yelgan mening sirdoshim
Muqaddassan mening uchun hayotimda sen tilim

Gullola Sherboyeva

Улашинг: