Respublikamiz mustaqillikka erishgach jamiyatimizda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash sohasida samarali ishlar amalga oshirildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlatimizning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tuzumini, boshqaruvning adolatli va demokratik prinsiplarini, jamiyat rivojlanishining strategik yo‘nalishlarini, inson huquq va erkinliklari kafolatlanganligini belgilab berdi. Asosiy qonunimizda davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlashi qat’iy belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini 37- moddadasida Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir, deb takidlab o’tilgan. O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligida 18 yoshga to‘lmagan voyaga yetmagan shaxslar uchun keng ko‘lamli ijtimoiy himoya tizimi yaratilgan. Belgilangan minimal ish joylari hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish tartibida mahalliy mehnat organi va boshqa organlar tomonidan yuborilgan, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarni ish beruvchi ishga qabul qilishi shart.
Belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga qabul qilishni rad etish taqiqlanadi va bunday rad etish ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan barcha shaxslar dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tgandan keyingina ishga qabul qilinadilar va keyinchalik ular o‘n sakkiz yoshga to‘lgunlariga qadar har yili majburiy tarzda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib turilishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 77- moddasida ishga qabul qilishda o‘n olti yoshdan yo‘l qo‘yiladi Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi. O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilish ushbu Kodeksning 241-moddada nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Mehnat kodeksining 242- moddasida O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar uchun qisqartirilgan ish vaqtining muddatlari ko‘rsatilib o‘tilgan Ish vaqtining muddati o‘n oltidan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarga haftasiga o‘ttiz olti soatdan, o‘n beshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun esa haftasiga yigirma to‘rt soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan shu toifa xodimlarining sog‘lig‘i, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan mehnat sharoiti noqulay ishlarda, yer osti ishlarida va boshqa ishlarda foydalanish taqiqlanadi, xavfli buyumlar yoki jarayonlar, harorat, shovqin yoki to‘lqinlanish darajasining yuqori ta’sirida voyaga yetmaganlarning sog‘lig‘iga zarar yetkazishga olib keladigan zararli sharoitlardagi, og‘ir mehnat sharoitlarida tungi klublar spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari sotadigan do‘konlarda va boshqa joylar bajariladigan ishlar taqiqlanadi
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning belgilab qo‘yilgan normadan ortiq og‘ir yuk ko‘tarishlari va tashishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar uchun yuklarni ko‘tarishlari va tashishlari uchun ruxsat etiladigan normalar mavjud
O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslar ish vaqtining uchdan bir qismi yuklarni ko‘tarish va tashish bilan bog‘liq ishlardan iborat bo‘lganda,
O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning ish vaqti faqat yuklarni qo‘lda ko‘tarish va tashish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlardan iborat bo‘lganda, ular uchun yuk ko‘tarish va tashish normasining chegarasi 4,1 kg dan og‘ir bo‘lmasligi, shuningdek ular aravacha va vagonetka yordamida yuk tashishlariga jalb etilmasligi lozim.
O‘n olti yoshgacha bo‘lgan voyaga etmaganlar ish vaqtining uchdan bir qismi yuklarni qo‘lda ko‘tarish va tashish bilan bog‘liq ishlardan iborat bo‘lganda, qo‘lda yuk ko‘tarish va tashish normalarining chegarasi: o‘g‘il bolalar uchun — 6,5 kg, qiz bolalar uchun — 3,5 kg dan og‘ir bo‘lmasligi lozim.
O‘n olti yoshgacha bo‘lgan voyaga etmaganlarning ish vaqti faqat yuklarni qo‘lda ko‘tarish va tashish bilan bog‘liq ishlardan iborat bo‘lganda, ular uchun yuk ko‘tarish va tashish normasining chegarasi 2 kg dan og‘ir bo‘lmasligi lozim. Ushbu qoidalar Xalqaro mehnat tashkilotining “Eng kichik yosh to‘g‘risida”gi 138-sonli konvensiyasida ham belgilab berilgan.
O‘n olti yoshgacha bo‘lgan voyaga etmaganlarga aravacha va vagonetka yordamida yuk tashishlariga ruxsat etilmaydi.
Voyaga yetmaganlar mehnatidan majburiy ravishda foydalangani hamda mehnatidan uning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalangani uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan. Mamuriy javobgarlik kodeksining 491-moddasi Voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi talablarni buzish Voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanish, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 51-modda. Mehnatga ma’muriy tarzda majburlash Mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Agar yuqoridagi harakatlar bir yil davomida takroran sodir etilsa jarima, muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud axloq tuzatish ishlari kabi jazolardan iborat jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.
Hulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak fuqarolar hamda ish beruvchilarga tavsiya sifatida aytish mumkinki, voyaga yetmaganlar mehnatidan foydalanishda qonun talablariga rioya eting!
A.Egamnazarov,
Andijon viloyati Adliya boshqarmasi
Oltinko‘l tuman yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi bosh yuriskonsulti