Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

Fuqarolik olish soddalashtirildi

 

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF–61-son Farmoni qabul qilindi.

“O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga oid masalalarni ko‘rib chiqishning yangilangan tartibini belgilash to‘g‘risida“gi Prezident Farmoniga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko’ra:

  • 2005-yil 1-yanvargacha O‘zbekistonda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan;
  • muqaddam chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan;
  • O‘zbekiston fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.

Shuningdek, ariza bilan murojaat qilgan kungacha:

  • O‘zbekistonda kamida 15 yil davomida doimiy yashab kelayotgan;
  • ushbu davr mobaynida chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan;
  • O‘zbekiston fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.

Mazkur shartlardan loaqal birining mavjud emasligi, O‘zbekiston fuqaroligini tan olishni rad etishga asos bo’ladi.

O‘zbekiston fuqaroligini tan olish uchun ariza bilan birgalikda quyidagi ma’lumotlarni taqdim etishi kerak:

  • so‘rovnoma;
  • yashash guvohnomasi (fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning ID kartasi);
  • nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (mavjud bo‘lsa);
  • ariza beruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganligi haqidagi ma’lumotnoma (o‘zgarishlar mavjud bo‘lsa);
  • 2005-yil 1-yanvargacha O‘zbekistonga kirib kelganligini va doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligini yoki O‘zbekiston hududida o‘n besh yil va undan ortiq yil davomida doimiy yashab kelayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
  • davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat.

Taqdim etilgan hujjatlar ichki ishlar boshqarmalari tomonidan 1 oylik muddatda o‘rganib chiqilib, xulosa tayyorlanadi. Xulosaning bir nusxasi to‘plangan materialga ilova qilinib, Ichki ishlar vazirligiga kelishish uchun yuboriladi.

Ichki ishlar vazirligi kelib tushgan materialni 1 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘rganib chiqib, xulosa asoslantirilganligini tekshiradi va o‘z munosabati bildirilgan xatni hududiy ichki ishlar organiga yuboradi.

Ichki ishlar organi tomonidan ariza beruvchiga bu haqda 3 ish kuni ichida xabar beriladi va identifikatsiyalovchi kartasini rasmiylashtirish choralari ko‘riladi.

Andijon viloyat adliya boshqarmasining
Kadrlar bo’yicha bosh maslahatchi
A.Abdumalikov

Улашинг: