Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

“Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni mazmun-mohiyati

“Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–87-son, 07.03.2022-y.) qabul qilindi.
Farmonga muvofiq 2022-yil 1-sentyabrdan byudjet tashkilotlaridan boshqa barcha yuridik shaxslarda oxirgi 6 oyda uzluksiz ish staji boʻlgan ayollarga har oy uchun minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan kelib chiqib byudjet hisobidan homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlanadi.
2022/2023 oʻquv yilidan:
OTM, tyexnikum va kollejlarda, sirtqi va kechki taʼlimda oʻqiyotgan xotin-qizlar kontraktlarini toʻlash uchun 7 yilga foizsiz kredit berish uchun banklarga byudjetdan har yili 1,8 trillion soʻm yoʻnaltiriladi;
davlat OTMlarida magistraturada oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt toʻlovlari qoplab beriladi va bunga har yili kamida 200 milliard soʻm ajratiladi;
xorijiy OTMlarga bakalavriat uchun – 50 nafar, magistratura uchun – 10 nafar xotin-qizlarga har yili “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali qoʻshimcha grantlar ajratiladi;
har yili 2 100 nafar ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning taʼlim kontraktlari mahalliy byudjetdan toʻlab beriladi;
mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy maʼlumotga ega boʻlmagan 500 nafar xotin-qizlar har yili Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tavsiyanomalariga asosan davlat OTMlariga umumiy kvotadan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi;
davlat ilmiy tashkilotlari yoki OTM doktoranturasiga xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratib boriladi.
Xotin-qizlarga dizayn, toʻqimachilik, axborot texnologiyalari, tarmoqlar iqtisodiyoti, marketing va talab yuqori boʻlgan boshqa taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim beradigan alohida universitet ochiladi.
Har yili mart oyida amaliy innovatsion loyihalar boʻyicha “Olima ayol” tanlovi oʻtkazib boriladi.
Qoʻmita huzurida “Olima ayollar jamiyati” tuziladi va unga xotin-qizlarni amalda qoʻllab-quvvatlash va yanada ragʻbatlantirish uchun 50 milliard soʻm ajratiladi.
Qishloq joylaridagi ayollarni kasbga oʻqitish, tadbirkorlikka jalb qilish va ish bilan taʼminlash maqsadida 2023-yildan har yili nodavlat tashkilotlarga BHMning 7 ming baravari miqdorigacha grantlar ajratiladi.
Davlat boshqaruvi akademiyasida rahbar xotin-qizlarni tayyorlash boʻyicha alohida oʻquv kurslari tashkil etiladi hamda har yili kamida 100 nafar xotin-qizlar oʻqitiladi.
2024-yil 1-yanvargacha barcha davlat organlari va tashkilotlari, ustavida davlat ulushi 50 foiz va undan koʻp boʻlgan tashkilotlar hamda ularning tizimidagi tashkilotlar rahbarlarining kamida 1 nafar oʻrinbosari xotin-qizlar orasidan tayinlanadi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida xotin-qizlarning biznes-loyihalarini moliyalashtirish uchun 2022-yilda qoʻshimcha 1 trillion soʻm ajratiladi.
2022-yil 1-apreldan:
tadbirkorlikni yangi boshlayotgan xotin-qizlarga ajratilayotgan subsidiya miqdori 7 million soʻmdan 10 million soʻmga oshiriladi;
“Hunarmand” uyushmasi qoshidagi hunarmandchilik markazlarida kamida 40 foiz tadbirkor xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar joylashtiriladi.
2022-yilda subsidiyalarning kamida 40 foizi xotin-qizlarga yoʻnaltiriladi;
Ijarada turgan “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarga ijara toʻlovining 50 foizi, koʻpi bilan 500 ming soʻmgacha kompensatsiya beriladi.
2022-yil 1-apreldan:
boquvchisini yoʻqotgan xotin-qizlarning:
farzandlari davlat bogʻchalariga toʻlanadigan ota-onalar badalidan ozod qilinadi;
3 yoshgacha farzandlari uchun nodavlat bogʻchalarga byudjetdan subsidiyalar ajratiladi.
toʻliq quvvat bilan ishlamayotgan davlat bogʻchalariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bolalarni pullik xizmat koʻrsatish shaklida qabul qilishga ruxsat beriladi.
kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan korxona va tashkilotlar oʻz huzurida bogʻcha tashkil qilganda, ulardagi tarbiyachilarning ish haqi byudjetdan qoplab beriladi.
Aliment toʻlovchining boshqa qarzdorligi boʻlganda, qarzdordan undirilgan mablagʻlar aliment toʻlovlari boʻyicha qarzdorlik toʻliq qoplangandan soʻng boshqa qarzlarlga oʻtkaziladi.
Aliment toʻlashdan boʻyin tovlayotgan va qidiruvga eʼlon qilingan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar MIBning rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi va davlat OAVlarida tarqatiladi.
Quyidagilarni belgilovchi qonun ishlab chiqiladi:
aliment boʻyicha qarzdorlik bartaraf etilgunigacha:
qarzdorning transportini boshqarish huquqini vaqtincha cheklash;
qarzdorga litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega boʻlgan davlat xizmatlarini vaqtincha koʻrsatmaslik;
aliment boʻyicha qarzdorlik mavjudligi nikoh tuzish uchun monelik qiladigan holat sifatida belgilanadi.
MIB huzurida “Aliment toʻlovlari” davlat maqsadli jamgʻarmasi tashkil etiladi va unga 50 milliard soʻm ajratiladi.
Aliment toʻlovchidan 3 oyda aliment undirish imkoni boʻlmaganda jamgʻarmadan aliment toʻlovlari toʻlab berilad hamda keyinchalik qarzdordan sud qarorisiz majburiy tartibda undirib olinadi.
Oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan oilalar uchun “Ibratli oila” koʻkrak nishoni taʼsis etildi
va u 15-may – Xalqaro oilalar kunida topshiriladi.

Qodirov Baxtiyorjon Ravshanbekovich
Oltinko‘l tumani adliya bo‘limi bosh maslahatchisi

Улашинг: