Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

O»qituvchilarning qonuniy manfaatlar himoya qilindi

ANDIJONDA 22 NAFAR O‘QITUVCHILARNING QONUNIY MANFAATLARI
HIMOYA QILINDI.

Darhaqiqat, millionlab farzandlarimiz qalbiga ilm-fan ziyosini singdirib, ularni el-yurtga munosib insonlar etib tarbiyalayotgan zahmatkash va olijanob ustozlarimizga har qancha tahsinlar aytsak, arziydi, deb Prezidentimiz 2020-yil 1-oktabrdagi “O’qituvchilar kuni” munosabatidagi bayram nutqlarida ta’kidlagan. Shuning o‘laroq, hozirda jamiyatimizda o‘qituvchilarga ko‘plab yengillklar berilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-son qarorining 5-bandiga asosan 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab ta’lim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab borilishi belgilangan.
Adliya bo’limiga kelib tushgan murojaatlar o’rganib chiqilganda, Andijon shahar Xalq ta’limi bo’limi tomonidan S1 sertifikatiga ega 22 nafar rus tili fani o’qituvchilariga mazkur Qarorda belgilangan 50 foiz ustama mablag’lari to’lab berilmaganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan adliya bo’limi tomonidan o’qituvchilarning manfaatlarini ko’zlab fuqarolik ishlari bo’yicha Andijon tumanlaro sudiga da’vo arizalar kiritildi.
Natijada 22 nafar o‘qituvchilarga jami 150 mln so`mdan ortiq qo‘shimcha ustama pullarini undirish bo’yicha sudning hal qiluv qarorlari qabul qilindi.
О.Gafurov
Andijon shahar adliy bo’limi boshlig`i
1-darajali yurist

Улашинг: