Tuman (shahar) hoрннkimliklaridan 3 mlrd so’mga yaqin pul summasi Andijon viloyat qurilish bosh boshqarmasiga undirib berilishi bo’yicha hal qiluv qarori chiqishi ta’minlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-dekabrdagi 1023-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 74-bandida davlat xizmatlari markazlari, prokuratura organlari va adliya organlari davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ushbu Nizom talablariga so‘zsiz rioya etilishi bo‘yicha yer uchastkasi materiallarini tayyorlash jarayoniga aralashmasdan, “YERELEKTRON” AAT orqali tizimli nazorat va monitoringni amalga oshirishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, qurilish organlari tomonidan arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i tayyorlab berilganligi uchun tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tegishli to‘lovlar to‘lab berilganligi ahvoli monitoring qilindi.
O’tkazilgan monitoring natijasida Andijon viloyati qurilish bosh boshqarmasigaAndijon viloyatidagi barcha tuman (shahar) hokimliklari tomonidan arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i uchun to’lovlar o’z vaqtida to’lab berilmayotganligi, jami qarzdorlik 2 937 117 660 so’mga yetganligi aniqlandi.
Vaholanki, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-dekabrdagi 1023-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 19-bandida qurilish organlari muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishning texnik shartlari kelib tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida ART ishlab chiqishi va materiallarni elektron shaklda «YERELEKTRON» AATga kiritishi hamda ularni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlashi va bunda «YERELEKTRON» AAT orqali yer uchastkasini tanlash materiallari avtomatik rejimda tuman (shahar) hokimligiga yuborilishi, 8-bandida ARTni ishlab chiqish qiymati tuman (shahar) hokimligi tomonidan mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan ART ishlab chiqilgan kunda to‘liq to‘lab berilishi belgilangan.
Ushbu qarzdorlikni bartaraf etishni so’rab, hokimliklarga taqdimnoma kiritilgan bo’lsada, to’lovlar to’lab berilmadi. Nizom talablarini ijro etilishini ta’minlash maqsadida Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tuman (shahar) hokimliklaridan viloyat qurilish bosh boshqarmasi foydasida 2 937 117 660 so’m pulni undirib berishni so’rab tumanlararo iqtisodiy sudlarda da’vo arizalar kiritildi.
Da’vo arizalarning barchasi qanoatlantirib, tuman (shahar) hokimliklaridan
3 mlrd so’mga yaqin pul summasi Andijon viloyat qurilish bosh boshqarmasiga undirib berilishi bo’yicha iqtisodiy sudlarning hal qiluv qarori chiqarilishiga erishildi.
Andijon viloyat adliya boshqarmasi
bo’lim boshlig’i A.Kasimov