Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

Qo‘rg‘ontepa tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan joylarda targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda

Qo‘rg‘ontepa tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari ishtirokida Tibbiyot birlashmasida va MTB binosidagi  xodimlari ishtirokida  mehnat munosabatlariga yuzasidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida hodimlarga Gender tengligi, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish; Ayollarning mehnatga oid huquqlari; Ayollarni ijtimoiy himoya qilish; Oilada ayollar va bolalar huquqlari mavzularida tushuntirishlar berib o‘tildi.

Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normalar, xususan mehnat intizomi, mehnatni muxofaza qilish, davlat ijtimoiy ug‘urtasi, kafolatli to‘lovlar va kompensatsiya to‘lovlari, ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan qo‘shimcha kafolat va imtiyozlar, mehnat nizolarini xal etish tartiblari, jismoniy va yuridik shaxslarni murojaatlari bilan ishlash va korrupsiya uchun javobgarlik masalalari yuzasidan tushunchalar berilib, xodimlarning huquqiy madaniyati oshirildi.

Tashkilot faoliyatida yuzaga kelayotgan huquqiy muammolar bo‘yicha mehnat qonunchiligi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun, davlat organlari va tashkilotlariga korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsion xolatlar uchun javobgarlik yuzasidan yangi qabul qilingan normativ huquqiy xujjatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

  1. Jiyanov,

Qo’rg’ontepa tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti

 

Улашинг: