Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

Boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasini olish yoshi uzaytirildi

“Fuqarolarning va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
OʻRQ–752-son Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, nogironlik pensiyalari Chernobil AESdagi avariya oqibatida III guruh nogironi boʻlgan shaxslarga ham toʻlanadi.

Ilgari faqat I va II guruh nogironlariga toʻlanishi belgilangan.

Oilaning mehnatga qobiliyatsiz aʼzolari (bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar) yoshi 18 yoshgacha etib belgilandi.

Ilgari 16 yoshgacha edi.

Oʻquvchilar va talabalar oʻqishi davomida, 23 yoshgacha boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasini olishi mumkinligi belgilandi.

Ilgari 18 yoshgacha edi.

Bolani parvarishlash taʼtilining ish stajiga qoʻshiladigan davri 6 yil etib belgilandi.

Ilgari jami 3 yildan koʻp boʻlmagan davr kiritilgan.

Qonunga koʻra, avtomobillar elektron auksion orqali ijaraga berilganda shartnomani notarial tasdiqlash talab etilmaydi.

Shuningdek, quyidagilarning qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilish muddati 2022-yil 30-aprelgacha uzaytirildi:

  • Oʻzbekistonga oʻsimlik yogʻi, kungaboqar va zigʻir urugʻi, shuningdek soya danagini olib kirish;
  • oʻsimlik yogʻini (paxta yogʻidan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma.

B.Qodirov,

Oltinko‘l tumani adliya bo‘limi bosh maslahatchisi

Улашинг: