O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 113-sonli Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmonga muvofiq 2022-yil 1-iyuldan boshlab kommunal tashkilotlar tomonidan aholidan, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlaridan qator ma’lumot va hujjatlarni talab qilish bekor qilinmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son farmonining 4-bandiga ko‘ra quyidagi faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni:
- ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi;
- narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi;
- sudlanganlik;
- manzil-ma’lumot axboroti;
- fuqaroning nomida shaxsiy uy-joy mavjud yoki mavjud emasligi;
- turar joyning maydoni;
- soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi;
- soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligi;
- pensiya va nafaqa miqdori;
- pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjud yoki mavjud emasligi;
- nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi.
Quyidagi hujjatlarni:
- shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
- shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati;
- tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining ma’lumotnomalari;
- mehnat daftarchalari va ularning nusxalari (fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida ushbu hujjatni «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda so‘rash bundan mustasno);
- ish haqi va ish stajini, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlovchi arxiv ma’lumotnomalari (fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida ushbu hujjatni «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olish imkoniyati mavjud bo’lmagan hollarda so‘rash bundan mustasno);
- kadastr hujjatlari va ularning nusxalarini talab qilish bekor qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son farmonining 5-bandida nazarda tutilgan quyidagi faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotlarni:
- tadbirkorlik sub’ekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlarini;
- litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma mavjudligini;
- davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘langanligini;
- qimmatli qog‘ozlarga egaligini, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar amalga oshirilganligini, dividendlar olinganligini;
- kam ta’minlangan oila yoki oila a’zosi sifatida ro‘yxatga olinganligini;
- jismoniy shaxslar tomonidan alimentlar to‘langanligini va olinganligini;
- oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarini;
- jismoniy shaxs tomonidan o‘rta maxsus, professional (kasb-hunar) ta’lim muassasasi tugatilganligini;
- jismoniy shaxs tomonidan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi (11-sinf negizida) tugatilganligini;
- fuqaro «yoshlar daftari» yoki «ayollar daftari»da mavjudligini;
- o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlarni;
- oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozga ega bo‘lgan abiturientlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat to‘g‘risida ma’lumotlarni.
Quyidagi hujjatlarni:
- moliyaviy hisobotlar nusxalarini;
- jismoniy shaxslarning oxirgi 12 oydagi ish haqini tasdiqlovchi ma’lumotnomalarni;
- ijtimoiy nafaqa va pensiyalar to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni talab qilish bekor qilinadi
S.Saloxiddinov,
Ulug’nor tuman adliya
bo’limi boshlig’i.