Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

Soliq maʼmuriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan qonun hujjatlariga qanday oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi?

2022-yil 11-mart kungi Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maʼmuriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ–758-son Qonuni bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimchalar kiritildi.

Xususan, soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaslik hamda soliq va yigʻimlarni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini xizmat koʻrsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan holda yuridik shaxsning rahbari va yakka tartibdagi tadbirkorning maʼmuriy javobgarlikka tortilishiga asos boʻladi.

Shuningdek, tovarlar va koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun naqd pul mablagʻlari bilan yoki plastik kartochkalar boʻyicha hisob-kitob shakliga qarab, ularning narxlarini sunʼiy ravishda oshirish yoki pasaytirish BHMning 30 baravari (8 mln 100 ming soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Bundan tashqari, Qonun bilan Soliq kodeksiga soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarning xolisligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritildi.

Jumladan, soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarning xolisligi videotasvirga olish qurilmalaridan foydalanish vositasida, bunday imkoniyat mavjud boʻlmaganda esa xolislar ishtirokida amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, videotasvirni yozib olish toʻxtovsiz va izchil ravishda olib boriladi. Videotasvir materiallarining koʻchirma nusxasi soliq toʻlovchiga yoki uning vakiliga soliq nazoratiga oid tadbir tugagach taqdim etiladi.

Qonunchilikda videoyozuv taqiqlangan hollarda xolislar ishtirokida soliq nazorati olib boriladi.

      A.Raxmonov,

      Andijon viloyati adliya
boshqarmasi yetakchi 
maslahatchisi                                                                

 

Улашинг: