Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

DASTUR TASDIQLANDI

2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 259-son qarori qabul qilindi.

2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturiga muvofiq quyidagi chora-tadbirlar tasdiqlandi:

  • oilada va ta’lim muassasalarida huquqiy tarbiyani shakllantirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar;
  • davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar;
  • aholi barcha qatlamlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar;
  • jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullarini joriy qilish, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish;
  • yuridik ta’limni, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish.

Dasturda belgilangan tadbirlar uchun mas’ul etib belgilangan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari tegishli chora-tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishi hamda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha har chorak yakunida Adliya vazirligiga tegishli ma’lumotlarning taqdim etilishi uchun shaxsan javobgardirligi belgilandi.

Adliya vazirligi mazkur dasturda belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi holatini doimiy monitoring qilib borish va monitoring natijalari yuzasidan har chorak yakunlari bo‘yicha keyingi oyning 15 sanasiga qadar Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish belgilandi.

S. XASANOV,                      Andijon viloyat adliya boshqarmasi

Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat

qilish bo‘limi bosh maslahatchisi. 

Улашинг: