Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

Қарор қабул қилинди

  1. Ulug’nor tuman adliya bo’limi bosh maslahatchisi N.I.Jaloliddinov:                             

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2022-yil 16-maydagi 2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi
259-sonli Qarori qabul qilindi.

1) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
16-maydagi “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi 259-sonli Qarori qabul qilinishidan maqsad nima?

  1. Ushbu Qaror O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5618-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash maqsadida qabul qilingan.

2) Mazkur qaror bilan tasdiqlangan dasturda belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi holatini qaysi davlat organi doimiy monitoring qilib boradi?

Adliya vazirligi mazkur dasturda belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi holatini doimiy monitoring qilib boradi hamda monitoring natijalari yuzasidan har chorak yakunlari bo‘yicha keyingi oyning 15 sanasiga qadar Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritadi.

Shuningdek, dasturda belgilangan tadbirlar uchun mas’ul etib belgilangan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari tegishli chora-tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishi hamda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha har chorak yakunida Adliya vazirligiga tegishli ma’lumotlarning taqdim etilishi uchun shaxsan javobgarligi belgilangan.

 

3) Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun Qarorda qanday vazifalar belgilangan?

  1. a) oilada va ta’lim muassasalarida huquqiy tarbiyani shakllantirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilash, jumladan:

oilalardagi notinchlik va zo‘ravonlikning bolalar tarbiyasidagi salbiy oqibatlari haqida ma’lumot yetkazish va ularning oldini olish hamda ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni ta’qib qilishga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish;

yoshlar o‘rtasida huquqiy nigilizm holatlarini bartaraf qilish, ularda huquqbuzarliklarning jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun salbiy illat ekanligiga oid dunyoqarash shakllanishini targ‘ib qilishga qaratilgan kompleks targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish;

mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga imtiyozlar va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam olish tartibi bo‘yicha tizimli targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish;

oliy ta’lim muassasalari hamda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv markazlarida «Inson huquqlari», «Ayollar huquqlari», «Bola huquqlari» o‘quv kurslarini joriy etish;

  1. b) davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilash, jumladan:

davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarning mehnat huquqi, huquqbuzarliklarning oldini olish, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bilimlarini oshirishga qaratilgan «Huquqiy savodxonlik oyligi», «Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi» va «Konstitutsiyaviy huquq oyligi»ni o‘tkazish;

davlat organlari va tashkilotlari xodimlari huquqiy savodxonligiga oid minimal talablar bo‘yicha o‘quv dasturlarini mustaqil ravishda o‘zlashtirib borish va ularni baholash orqali huquqiy bilimlarini oshirib borish;

davlat xizmatining yagona elektron-axborot tizimidan foydalangan holda xodimlarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirish bo‘yicha o‘qitish va baholash ishlarini monitoringini yo‘lga qo‘yish;

davlat organlari va tashkilotlarida faol, jamoatchilik bilan ishlash ko‘nikmalariga ega huquqiy targ‘ibot guruhlarini tashkil qilish va qonunchilik hujjatlarining targ‘ibot qilinishini ta’minlash;

  1. v) aholi barcha qatlamlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilash, jumladan:

aholining turli muammolarini o‘rganish, ularga bepul huquqiy maslahat va ko‘mak berish maqsadida «Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga» shiori ostida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish;

nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ijtimoiy loyihalar, xayriya aksiyalarini o‘tkazish («Biz birgamiz», «Ranglar dunyosi»);

Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish va tahlil natijasiga ko‘ra manzilli va predmetli huquqiy targ‘ibotni amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish;

xorijda mehnat qilish istagida yurgan fuqarolar uchun qonuniy mehnat migratsiyasi, xususiy bandlik agentliklari xizmatidan foydalanish tartibi, noqonuniy migratsiya oqibatlari to‘g‘risida keng tushuntirish ishlarini olib borish;

  1. g) jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullarini joriy qilish, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jumladan;

jinoyatchilik holatini chuqur tahlil qilish natijalari asosida jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi orasida qonunga hurmat qilish madaniyatini shakllantirish;

aholini qiziqtiradigan huquqiy masalalar yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish;

aholini qiynaydigan huquqiy mavzularda videoroliklar tasvirga olish hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqatish;

aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga huquqiy masalalar bo‘yicha yechimlarni beruvchi portallarni huquqiy mavzudagi materiallar bilan boyitish va qonunchilikdagi o‘zgartirishlar bilan muvofiq holda materiallarni yangilash, «Huquqiy axborot» telegram kanali qamrovini kengaytirish;

sohalar kesimida yuridik adabiyotlarni bepul ko‘chirib olish, foydalanish, nusxa ko‘chirish imkoniga ega bo‘lgan va aholining barcha qatlami uchun mo‘ljallangan «Yuridik kutubxona» elektron tizimini va uning mobil ilovasini ishga tushirish;

  1. d) yuridik ta’limni, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish, jumladan:

yuridik oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlariga «Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar bilan ishlash» mavzusini kiritish;

yuridik sohada ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirib kelayotgan tadqiqotchilar uchun onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkonini beruvchi elektron platforma yaratish;

aniq hayotiy masalalar yuzasidan aholining huquqiy bilimini aniqlash bo‘yicha so‘rovnomalar, shu jumladan elektron tarzda o‘tkazish, mazkur jarayonga bloger va ommaviy axborot vositalarini jalb qilish.

 

 

Улашинг: