“Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–289-son, 21.06.2022 y.) qabul qilindi.
Qaror bilan tegishli OTM hamda ularning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida quyidagilar tashkil etiladi:
Urganch davlat pedagogika instituti;
Namangan davlat pedagogika instituti;
Guliston davlat pedagogika instituti;
O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti;
Andijon davlat pedagogika instituti;
Buxoro davlat pedagogika instituti;
Termiz davlat pedagogika instituti;
Shahrisabz davlat pedagogika instituti;
Chirchiq davlat pedagogika universiteti;
Jizzax davlat pedagogika universiteti.
2022/2023 o‘quv yilidan:
maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’limda foydalaniladigan darsliklar hamda metodik qo‘llanmalarni pedagog kadrlar tayyorlovchi OTMga ularning talabnomasiga muvofiq pullik asosda taqdim etish tartibi joriy qilinadi;
pedagog kadrlar tayyorlovchi OTM kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan 2–4-bosqich talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari “4+2” tartibida (darslarning 4 kuni OTMda, 2 kuni maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash tartibida) olib boriladi.
Har yili pedagog kadrlar tayyorlovchi OTM ixtisoslik kafedralarining kamida 5 foiz professor-o‘qituvchilarini xorijga tanlov asosida malaka oshirish va stajirovkaga yuborish choralari ko‘riladi.
Buloqboshi tumani Yuridik
xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i
2-darajali adliya maslahatchisi X.A.Muminov.