Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

Tug`ilganlik haqida guvohnomalar tekinga rasmiylashtirib berildi…

Shahrixon tumani, Dorilomon MFY, Obod ko‘chasi 52-uyda yashovchi fuqaro O.Nazarovaning yashash xonadonida 2022-yil 13-mart yong‘in sodir bo‘lganda, 4 nafar farzandining tug‘ilganlik haqida guvohnomalari yonib yaroqsiz holatga kelib qolgan.

 

“Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi 5-bandida O‘zbekiston Respublikasi yoki chet davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylar yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar yong‘ini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar — ularga takroriy guvohnomalar berganlik uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda davlat boji to‘lashdan ozod etilganligi qayd etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-oktabrdagi PQ-4871-son “Favqulodda vaziyatlardan jabr ko‘rgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida”gi Qarorining 2-bandida 2021-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslar muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlarni tiklashda davlat boji va yig‘im (gerb, konsullik yig‘imi va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘im va davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun belgilangan narx)lardan ozod qilinishi belgilanganligi, ofatlar yuz berganligi oqibatida jismoniy shaxslarning aybisiz yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan va tiklanishda tegishli to‘lovlardan ozod qilinadigan muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlangan. Andijon viloyati adliya boshqarmasining aralashuvi bilan fuqaro O.Nazarovaning 4 nafar farzandlari Mo‘minjonova Mushtariy, Mo‘minjonov Dilyorbek, Mo‘minjonova Muxlisaxon hamda Mo‘minjonov Alyorbeklarga yuqoridagi qonun talablaridan kelib chiqib davlat boji va gerb yig‘imi to‘lovlaridan ozod etilgan holda tug‘ilganlik haqida guvohnomalar rasmiylashtirilib berilishi ta’minlandi.    

A.Madraximov ,                                           

Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi bosh maslahatchisi/                                                         

Улашинг: