Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

“INSON A’ZOLARI VA TO‘QIMALARINING TRANSPLANTATSIYASI”

Darhaqiqat, hozirga vaqtda ilm-fan taraqqiyot qilisishi natijasi insonlar ko‘plab yutuqlarga erishmoqdalar. Ayniqsa, Tibbiyot sohasida erishilgan yutuqlar diqqatga sazovor., chunki bu yutuqlar natijasida ko‘plab insonlar bemorlikdan so’gaymoqda. Shuningdek, o‘tkir va surunkali kasaliklar oldini olish kuchaymoqda. Hozirgi vaqtda dunyo hamjamiyatida inson a’zolarini transplantatsiya qilish amaliyoti yo’lga qo’yilgan va ko’plab rivojlangan davlar tomonidan qonuniy faoliyatga ruxsat etilgan. Yaqin-yaqingacha O‘zbekiston Respublikasida inson a’zolarini transplantatsiya qilish qonuniy jihatdan tartibga solinmagan edi, biroq Joriy yilning 11-may kuni O‘zbekiston Respublikasining “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida” O‘RQ-768-son qonuni qabul qilindi. Qonun qabul qilinishi natijasi, inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi amaliyoti yo’lga qo’yildi. Ushbu qonun insonning ko‘payishiga taalluqli bo‘lgan a’zolar va to‘qimalar, a‘zolar va to‘qimalarning autogen va qon va uning tarkibiy qismlari donorligi transplantatsiyasiga tatbiq etilgan. Qonunning 9-moddasiga ko’ra Faqat transplantatsiya qilish faqat boshqa jarrohlik amaliyotlari hayotini saqlab kafolatlay olmagan taqdirda qo‘llanilishi belgilangan. Shuningdek, Qonunda inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini murdadan yoki tirik donordan olish ko’rsatilgan. Vaholanki, Qonunda murdadan uniung a’zolarini uning tiriklik chog‘idagi notarial tartibda tasdiqlangan yozma roziligi mavjud bo‘lgan hamda tirik donordan Qonunning 12-moddasiga binoan: a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish bo‘yicha bo‘lajak jarrohlik amaliyoti yoki muolaja munosabati bilan o‘z sog‘lig‘i uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar haqida kamida o‘ttiz kun oldin yozma shaklda, videoyozuvga qayd etgan holda ogohlantirilgan bo‘lsa; o‘z a’zosini va (yoki) to‘qimalarini olishga bo‘lgan roziligini ixtiyoriy ravishda, bepul asosda, notarial tartibda tasdiqlangan yozma shaklda bildirgan bo‘lsa; har taraflama tibbiy tekshiruvdan o‘tgan bo‘lsa hamda uning a’zosini va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya qilish uchun olish mumkinligi to‘g‘risida mutaxassis-shifokorlarning tibbiy xulosasi mavjud bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.

B.B.Yunusov,

Andijon shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti                                                  

Улашинг: