Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

DAVLAT JAMGARMASI TA’MINLAYDI

TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI MODDIY KO‘MAGINI DAVLAT JAMG‘ARMASI TAЪMINLAYDI

Prezidentning 09.06.2022 yildagi «Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-150-son Farmoni qabul qilindi.

 

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) faoliyatining tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi asosiy yo‘nalishlari:

  • tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali joylarda tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirish;
  • eksport qiluvchi tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash orqali respublikada eksport hajmini oshirishga ko‘maklashish;
  • tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradigan davlat, tarmoq va hududiy dasturlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish;
  • mamlakatda kichik tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish, jumladan hududlarda iqtisodiy o‘sish va yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim drayver sohalarni rivojlantirish borasida moliyaviy ko‘maklashish;
  • tijorat banklarining kreditlari orqali ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuqori samara beruvchi yo‘nalishlar, jumladan axborot tizimlari va dasturlarini yaratish loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.

 

2022 yil 1 iyuldan boshlab:

  • Jamg‘arma tomonidan kichik tadbirkorlik sub’ektlari loyihalariga tijorat banklarining umumiy qiymati 5 milliard so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasidan oshmagan kredit va lizinglari bo‘yicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi;
  • tijorat banklari kreditlariga kafillik:

— kichik tadbirkorlik sub’ektlari loyihalariga ajratiladigan kreditlarning 50 foizigacha, biroq umumiy qiymati 2,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda;

— 2025 yil 1 yanvarga qadar kichik biznesni va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish uchun mahallalarga biriktirilgan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga 75 foizigacha taqdim etiladi.

 

Tijorat banklarining kredit va lizinglari bo‘yicha kompensatsiyalar hamda kafilliklar Jamg‘armaning mavjud moliyaviy resurslari va tavakkalchiliklarini hisobga olgan holda, kichik tadbirkorlik sub’ektlariga taqdim etiladi, quyidagilarni nazarda tutuvchi kreditlar bundan mustasno:

  • alkogolь va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va (yoki) ularning ulgurji savdo faoliyatini tashkil etish;
  • savdo (bundan eksportoldi moliyalashtirish mustasno), umumiy ovqatlanish hamda avtomobillarga yonilg‘i quyish hamda elektr quvvatlantirish shoxobchalari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish;
  • yengil va ilgari foydalanishda bo‘lgan yuk avtotransport vositalari sotib olish va ularni ta’mirlash (chet eldan olib kelinadigan yuk avtotransport vositalaridan tashqari);
  • bino-inshootlarni sotib olish;
  • aylanma mablag‘larni shakllantirish (eksportoldi moliyalashtirish bundan mustasno);
  • ilgari olingan kredit va lizinglarni yoki boshqa har qanday qarzni qaytarish;
  • nobank kredit tashkilotlari, lizing va sug‘urta kompaniyalari resurs bazasini shakllantirish.

 

2023 yil 1 yanvardan boshlab Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘ miqdoridan kelib chiqib, Jamg‘arma tomonidan bir moliya yilida qabul qilinadigan moliyaviy yordam miqdorlari Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash tomonidan belgilanadi.

 

Andijon tuman adliya bo‘limi

yetakchi maslahatchisi

I.Xusanboyev

Улашинг: