Xodim mehnat shartnomasini o‘z tashabbusi bilan bekor qilish to‘g‘risida ariza yozgan taqdirda. Xodim ishdan bo‘shashga ariza yozdim, ishga chiqmaslikka haqqim bor deb, ishga chiqmasligi mumkinmi?
Mehnat kodeksining 99-moddasiga ko‘ra, xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham, ikki hafta oldin ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqlidir. Ogohlantirish muddati tugagandan so‘ng xodim ishni to‘xtatishga haqli. E`tiborli tomoni, Xodim ogohlantirish muddati tugagandan so‘ng ishni to‘xtatishga haqli. Agar xodim uzrsiz sabablarga ko‘ra ishga chiqmasa, bu mehnat intizomini buzish sifatida baholanadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998 yil 17 apreldagi 12-sonli «Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida»gi qarorining 15-bandiga ko‘ra xodimning ogohlantirish muddati o‘tmasdan o‘zboshimchalik bilan ishni tashlashi u tomonidan mehnat majburiyatlarini buzish deb baholanadi. Demak, bu xolatda xodimga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralarini qo‘llashingiz mumkin. Hattoki mehnat shartnomasini Mehnat kodeksi 100-moddasi 2-qismining 3 yoki 4-bandi bilan bekor ham qilishingiz mumkin. P.M.Ismonaliyev,
Xonobod shahar yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti