O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 iyuldagi 369 sonli qaroriga asosan «Litsenziya» axborot tizimi orqali «O‘zbekiston Respublikasining o‘ta muhim va toifalangan obyektlarida qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajarish uchun ruxsatnoma» olish mumkin. Bunda Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi hisoblanadi. Murojaatlar elekton tarzda «Litsenziya» AT — license.gov.uz (https://license.gov.uz/) hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz (https://my.gov.uz/) saytlari orqali qabul qilinadi. Xizmatdan qo‘riqlashning texnik vositalarini montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar foydalanadi. Mazkur xizmatda arizani ko‘rib chiqish uchun va Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori bepul bo’lib, 20 ish kuni mobaynida ko’rib chiqiladi. Ruhsatnoma cheklanmagan muddatga beriladi. Ruxsatnoma olgan yuridik shaxslar har yili 1-fevralgacha maxsus vakolatli organga obyektlarni, ularning idoraviy mansubligini, o‘rnatilgan qo‘riqlashning texnik vositalari turlari va sonini ko‘rsatgan holda o‘ta muhim va toifalangan obyektlarda qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, so’zlash, ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishlari shart. #Ma’lumot uchun: Qo‘riqlashning texnik vositasi — qo‘riqlanadigan obyektlarni tajovuzlardan himoya qilish uchun foydalaniladigan, mustaqil vazifalarni bajaradigan, konstruktiv jihatdan yakunlangan qurilma.
Akbarov Sardorbek Raximovich,
Oltinko’l tuman Adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi Sho’’ba mudiri