Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

 Til bor ekan — millat barhayot! 

Til inson tafakkurining qay darajada taraqqiy etganligini va o’zi xizmat qiluvchi xalqning tarixini, mentalitetini ko’rsatuvchi  qimmatli manbaadir. Tildagi mavjud lug’aviy birliklarning funksional xususiyati borliqdagi narsa va hodisalarni atash uchun xoslanganligi bilan belgilanadi.

O\zbekiston Respublikasi taraqqiyotini har tomonlama rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida ijtimoiy sohalardan ilm-fan, til va adabiyot, san’at sohalarini rivojlantirish haqidagi ko’rsatmalarda ham mazkur vazifalar ko’zda tutilgan.[1]  Ona tilimiz- o’zbek tili o’zida xalqning qadriyatlari, milliy tafakkuri, tarixi, ruhiyati, ma’naviy dunyosi, o’ziga xos urf-odatlarini in’kos etuvchi noyob bir hodisa, buyuk bir ne’matdir.[2]

Ma’lumki, 1989-yil 21-oktabr kunidan O’zbekistonning shonli tarixi, buguni va ertasi o’z tili bo’lgan  “O’zbek tili-davlat tili”da yozilishni boshladi.  Har yili 21-oktabr sanasi mamlakatimizda til bayrami sifatida kеng nishonlanishi an’anaga aylandi. Ma’rifatparvar adibimiz Abdulla Avloniy: «Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurgan oynai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur», — degan aniq va tеran fikrlarni bayon etganda naqadar haq edi.  Darhaqiqat, xalqimizning buguni va ertasiga vosita bo‘lgan o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va takomillashtirish,  til imkoniyatlaridan keng foydalanish, uning xalqaro maydondagi o‘rni va nufuzini oshirish, til orqali o‘zi va o‘zligini anglagan  har bir fuqaroning  burchidir.   Shuningdеk, 2020–2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlanti­rish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi  ishlab chiqildi. Unga ko’ra:

-mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy ha­yotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to’liq va to’g’ri foydala­nishga erishish;
-ta’lim tashkilotlarida davlat tilini o’qitish tizimini yanada takomillashti­rish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish;
-davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish;
-davlat tilining xalqaro miqyosdagi o’rni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va bu yo‘nalishda boshqa  ustuvor vazifalar belgilab berildi va amaliy jihatdan tadbiq etilmoqda.
Bugungi kunda lotin yozuviga asoslangan o‘zbеk alifbosini barcha jabhalarda to‘liq joriy etish sohasida qabul qilingan davlat dasturi ijrosini ta’minlashdеk, ustuvor yo‘nalishdagi vazifalarni bajarish, tom ma’noda kundalik hayotimizga tobora singib bormoqda.

Andijon viloyati Izboskan tumani FVB

tuman bo’limi

boshligi o’rinbosari, kapitan Xakimov Ulug’bek.

[1] Мирзиёев Ш. “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги Фармон. / “Халқ сўзи”. – 2017 йил, 8 февраль.

[2] Худойберганова Д. Тил тафаккур маданият. Тошкент, 2020.Б.3

Улашинг: