Yoshligim
Yolg’iz qolib keksaygan chog’im
O’ltiraman hovlida o’zim
Kuzataman boqib har yonga
Kelarmi deb kimdir yonimga
Farzandlar ham o’zi ovvora
Yo’qlamaydi hatto nabira
Xabar olmas yor-u do’stlarim
Yo’qmi deya kam-u ko’stlarim
Yodga olib yoshlik damlarim
Yuguradi yuzda tabassum
Qaytsa bir on qani yoshligim
Sho’xliklarim ul beboshligim
Hayollarga berilib uzoq
To’ldiraman qalbimni mushtoq
Gulnora Mahkamova
Farzandlarim
Atalgansiz menga ollohdan ne’mat
Sizla ko’nglim topgay har dam halovat
Hayotimga kirib berdingiz rohat
Boringizga etay ming bora shukur
Baxtingizni ko’rib qilayin huzur
Ko’zlardan oqmasin tomchi qatra yosh
Berolmasman bunga hech qachon bardosh
Sizdan o’zga topmam yagona sirdosh
Boringizga etay ming bora shukur
Baxtingizni ko’rib qilayin huzur
Bemor bo’lsangiz gar kelmaydi uyqu
Erkalab quchishim shirin bir tuyg’u
Ko’rmang deyman go’zal olamda qayg’u
Boringizga etay ming bora shukur
Baxtingizni ko’rib qilayin huzur
KDadajon
Dadajon men sizni ta’riflam qanday
So’zlarim ojiz-u, qalamim o’tmas
Jo’shqin daryolardek mehringiz aytay
Ko’z o’ngimdan baxtli bolalik ketmas
Qo’llarimdan tutib sevinch -la asta
Olib borardingiz maktabim tomon
Bo’lmasin hech qizim, deya bir xasta
Aylardingiz duo har zamon har on
Yodimdan chiqmas hech jajji qo’g’irchoq
Olib berdan alvon chiroyli libos
Suyungandim rosa bo’lib shod quvnoq
Boqqandi do’stlarim qilishib xavas
Orzuim ushaldi mana dadajon
Farzandlar, nabiram qurshovlarida
Topmadim dunyoda sizday mehribon
Qalbi pok otashning olovlarida
Gulnora Mahkamova