Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunni 41-moddasida, sudyalar jamoatchilikni har chorakda sudning faoliyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib borishi belgilangan.
Shu munosabat bilan Izboskan tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 2025 yil 9 oyi davomida odil sudlovni amalga oshirish, tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilishni lozim topdi.
Jumladan, Izboskan tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 2025 yil 9 oyi davomida ko‘rilgan iqtisodiy ishlar soni 1935 tani tashkil etadi. Ko‘rilgan iqtisodiy ishlarning 939 tasi fuqarolik huquqiy munosabatlarga oid, 827 tasi ma’muriy huquqiy munosabatlarga oid, 163 tasi tashkilot va fuqarolarning to‘lovga qobiliyatsizligiga oid, 3 tasi korporativ munosabatlarga oid, 2 tasi yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlashga oid, 1 tasi raqobatga oid iqtisodiy ishlarga to‘g‘ri kelmoqda.
Mazkur ko‘rilgan iqtisodiy ishlarning 1695 tasi qanoatlantirilgan, 92 tasi rad etilgan, 95 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 53 tasi bo‘yicha esa ish yuritish tugatilgan, shundan 3 tasi kelishuvga erishilganligi sababli kelishuv bitimlari tasdiqlangan.
Izboskan tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 2025 yil 9 oyida kommunal to‘lovlarni undirish yuzasidan yetkazib berilgan elektr energiyasi va sovuq suv bo‘yicha qarzdorliklarni undirish to‘g‘risida 207 ta ariza va da’vo arizalar qanoatlantirilgan holda
20 617 242 325 so‘m qarzdorliklarni undirish haqida sudning hal qiluv qarorlari qabul qilingan.
Izboskan tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 2025 yil 9 oyi davomida tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan 733 ta huquqiy ta’sir choralari qo‘llash bilan bog‘liq ishlar ko‘rilgan.
To‘lovga qobiliyatsiz deb topish yuzasidan jami 160 ta shundan 4 tasi jismoniy shaxsni, 1 ta yakka tartibdagi tadbirkorni va 155 tasu yuridik shaxsni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish haqidagi arizalar ko‘rilib, 5 tasi qaytarilgan, 4 tasi qabul qilish rad etilgan, 1 tasi bo‘yicha ish yuritish tugatilgan, 4 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 3 tasi rad qilingan va 152 ta tashkilotlar va fuqarolar iqtisodiy sudning hal qiluv qaroriga asosan to‘lovga qobiliyatsiz deb e’tirof etilib, tugatishga doir ish yuritilgan.
Izboskan tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 2025 yil 9 oyida 131 ta huquqiy ta’sir choralari qo‘llash bo‘yicha xususiy ajrimlar chiqarilgan ya’ni aybdor shaxslarga nisbatan moddiy, intizomiy va boshqa sudning ta’sir choralari qo‘llanilgan.
Izboskan tumanlararo iqtisodiy sudi ishlarni ko‘rib bilan bir qatorda yuridik va jismoniy shaxslardan kelgan murojaatlarni ham o‘rganib chiqilgan, sudga 2025 yil 9 oyi davomida tashkil etilgan sayyor qabullarda 5 ta jismoniy va yuridik shaxslar iqtisodiy sud raisining shaxsiy qabulida bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasidan esa 2 ta murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlar bo‘yicha qonunda belgilangan muddatlarda huquqiy tushuntirish berish yo‘li bilan ijobiy hal etilgan.
Izboskan tumanlararo iqtisodiy sudiga 2025 yil 9 oyida respublika budjetiga ixtiyoriy ravishda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 191 072 668 so‘m miqdorda davlat boji to‘lab da’vo arizalarini taqdim etishgan. Sud tomonidan esa davlat bojini undirish yuzasidan 4 614 982 405 so‘mlik ijro hujjatlari chiqarilib, ijro etish uchun tegishli Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo‘limlariga yuborilgan, asosiy qarzdorlikni undirish yuzasidan chiqarilgan ijro xujjatlarini undiruvchilarga yuborilgan.
Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8,24-moddalariga asosan 94 ta ijro hujjatlari qaytarilgan bo‘lib, ijro organi tomonidan texnik xatolik bilan noto‘g‘ri qaytarilgan va ijro hujjatini tuzishda sudyalar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda bartaraf etilib, ijro hujjatlari qaytadan ijroga to‘liq elektron tarzda yuborildi va asossiz ravishda sud hujjatlarini ijrosini ta’minlamagan, sud hujjatini Qonunning 8,24-moddalariga asosan noto‘g‘ri qaytarganligi uchun o‘z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan Majburiy ijro byurosining aybdor davlat ijrochilariga nisbatan Majburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasiga taqdimnoma kiritilgan.
R.G.ASKAROV
Izboskan tumanlararo iqtisodiy sudining raisi